Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi

Ishonch telefoni:
+998 79 2205011

Navoiy viloyati Navoiy shahri
Zarapetyan ko'chasi 10-uy

Zarafshon Navoiy viloyatining ikkinchi yirik shahri hisoblanadi.  Joriy yilda  shahardagi 13-14 kichik tumanlarining 110 gektar yer maydonining batafsil rejasi ishlab chiqilib, unda 100 dan ortiq koʻp qavatli turar joy binolari, savdo maishiy xizmat koʻrsatish majmualari qurilishi reja asosida bosqichma bosqich olib borilmoqda. Oʻquv markazi, suzish havzasi, 100 oʻrinli mehmonxona binolari qurib foydalanishga topshirildi. Shuningdek, 50 sotiq yerga 2 qavatli “Goop market” savdo majmuasi, 1 gektar yerga “Umid” jismoniy  imkoniyati cheklangan bolalar bogʻchasi qurib berildi. Bandlikka koʻmaklashish markazi va Veterinariya boʻlimi hamda “Yulduz”, “Navroʻz” mahallalarining binolari yangidan tiklab berildi. Madaniyat va istirohat bogʻi rekonstruksiya qilinib 4 gektar yerga bolalar uchun attrakson oʻyingohlar, bir zumda ovqatlanish, yaxna ichimliklar, maishiy xizmat oyektlari, savdo nuqtalari, koʻngilochar tadbirlar uchun maxsus maydon aholi foydalanishiga topshirildi.


Shaharning bosh rejasiga koʻra, 13-14-kichik tumanlarda 150 dan ortiq koʻp qavatli uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan, bu ishlar bosqichma-bosqich olib borilmoqda. 2000-2018-yillar davomida bor yoʻgʻi 8 ta koʻp qavatli turar joylar qurilgan boʻlsa, 2018-2020-yil davomida 10 ta koʻp qavatli 770 ta xonadonlar kurilib foydalanishga topshirildi. Joriy yilda 20 ta koʻp qavatli 1500 ta xonadonlar qurilish ishlari yakunlanish arafasida. Shuningdek, 2025-yilga qadar 150 ta koʻp qavatli 10 mingdan ortiq xonadonlar qurilishi koʻzda tutilgan. Zarafshon shahrining yer maydoni 2618 gektarni tashkil etib turgan boʻlsa, endilikda 14276 gektarga kengaytirilar ekan. Darhaqiqat, bu haqida Prezidentimiz alohida taʼkidlab, Navoiy va Zarafshon shaharlarida aholi soni ortib borayotgani va uy-joyga boʻlgan talabi yuqoriligini hisobga olgan holda Zarafshon shahri hududi kengaytirilib, qoʻshimcha 30 ming aholi yashashi uchun zamonaviy infratuzilmaga ega boʻlgan “Sanoatchilar shaharchasi” qurilishi haqida aytib oʻtgan edilar.
Zarafshon shahar hokimligi qurilish boʻlimi boshligʻi Oʻtkir Turdiyevning taʼkidlashicha, shahar asosan Tomdi tumani hududiga qarab kengayadi. Buning uchun batafsil bosh reja ishlab chiqilgan. Ajratilgan hududda qurilish ishlari Yer kodeksida koʻrsatilgan muddatlarda qurib bitkazilishi, Muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish infratuzilmasini jadal rivojlantirish ijtimoiy soha obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash hamda ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha loyihalar amalga oshirilishi boʻyicha ishlar olib borilmoqda.

 Navoiy viloyat qurilish bosh boshqarmasi matbuot xizmati.

NAVOIY VILOYATI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI BOSH BOSHQARMASI

Navoiy viloyati Navoiy shahri Zarapetyan ko'chasi 10-uy
Matbuot xizmati: 79 220-50-12
ish kunlari: Dushanba-Juma
Ish vaqti: 9:00-18:00
Tushlik: 13:00-14:00
Copyright © 2021 • Softex • All rights reserved.