Davlatimiz rahbar tomonidan, yaqinda boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida kelgusi besh yilda yiliga 80 mingtadan xonadon qurish zarurligini taʼkidlandi. Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev, “Yangi Oʻzbekiston” massivlari kompleks rivojlanish tamoyili asosida barpo etilishini qayd etdi. 2022-yilda ehtiyojmand 10 mingta oilaga boshlangʻich badal va foizlarni subsidiyalash uchun byudjetdan 1,5 trln soʻm ajratilishi belgilandi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi “Yangi Oʻzbekiston” massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-32-sonli Farmoni ushbu vazifalarga start berib, yurtimizda yangi bunyodkorlik mavsumini boshlab berdi.
Farmonning 1-ilovasiga muvofiq Navoiy viloyatining Karmana hamda Qiziltepa tumanlarida 2022-yilda “Yangi Oʻzbekiston” massivlarining manzilli roʻyxati tasdiqlandi. Unga koʻra, Navoiy viloyati Karmana tumani “Doʻstlik” mahalla fuqarolar yigʻini hududi “Yangi Oʻzbekiston” massividan 2022-yilda jami 400 xonadondan iborat 20 ta uy-joylar, umumtaʼlim maktabi, maktabgacha taʼlim tashkiloti hamda tibbiyot muassasalari qurilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Qiziltepa tumani “Malikobod” mahalla fuqarolar yigʻini hududi “Yangi Oʻzbekiston” massivida 2022-yilda jami 200 xonadondan iborat 10 ta uy-joylar maktabgacha taʼlim tashkiloti hamda tibbiyot muassasalari qurilishi koʻzda tutilmoqda.
Navoiy viloyat qurilish bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
