Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi

Ishonch telefoni:
+998 79 2205011

Navoiy viloyati Navoiy shahri
Zarapetyan ko'chasi 10-uy

🔺O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” nomli ezgu g‘oya asosida yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida e’lon qilingan obodonlashtirish bo‘yicha dolzarb 40 kunlik tadbirlar keng ko‘lamda olib borilmoqda.

🔺Mazkur tashabbus doirasida Navoiy viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi bosh boshqarmasiga biriktirilgan Xatirchi tumani Zarbdor mahallasida ham obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari uyushqoqlik bilan davom ettirilmoqda.

🔺Hashar tadbirlarida bosh boshqarma rahbari boshchiligida xodimlar, boshqaruv organlari, mahalla faollari hamda ko‘ngillilar faol ishtirok etib, mahalla hududini begona o‘tlardan tozalash, daraxtlarni oqlab shakl berish, chiqindilarni tashib ketish kabi obodonlashtirish ishlari bajarilmoqda, ariq va zovurlar, suv yo‘llari tartibga keltirilmoqda.

🔺Bulardan tashqari, bosh boshqarma boshlig’i  A. Otakulov tomonidan mas’ullar ishtirokida aholi bilan uchrashuvlar uyushtirilib, boquvchisini yo’qotgan, himoyaga muhtoj oilalarga hashar yo’li bilan yordam berilib, qo’llab-quvvatlanmoqda.

NAVOIY VILOYATI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI BOSH BOSHQARMASI

Navoiy viloyati Navoiy shahri Zarapetyan ko'chasi 10-uy
Matbuot xizmati: 79 220-50-12
ish kunlari: Dushanba-Juma
Ish vaqti: 9:00-18:00
Tushlik: 13:00-14:00
Copyright © 2021 • Softex • All rights reserved.