💧Navoiy shahrida 2026–2027 yillar kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, isteʼmolchilarga sifatli va barqaror issiqlik taʼminoti xizmati ko‘rsatish maqsadida keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

🔩Ayni kunlarda issiqlik tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash, eskirgan va foydalanish muddati o‘tgan quvurlarni yangilariga almashtirish bo‘yicha amaliy ishlar jadal davom etmoqda.

⏳Mutaxassislar tomonidan issiqlik tarmoqlarining muayyan qismlarida quvurlarni demontaj qilish va zamonaviy quvurlarga almashtirish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

