
Tadbirda viloyat Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi boshlig‘i v.v.b Nurali Boltayev so‘zga chiqib, mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir doirasida atrof-muhit muhofazasi, ekologik nazorat va yashil hududlarni kengaytirish ishlariga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh faollar munosib rag‘batlantirildi.
Jumladan, viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Azizbek Otaqulov, Ekopolitsiyaning Tomdi tumani bo‘limi boshlig‘i Aziz Azizov hamda Karmana tumani “Uyrot” mahallasidagi shaxsiy tomorqa yer egasi Elmurod KenjayevEkologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi tomonidan ta’sis etilgan “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
