
Joriy yil 24 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqda eʼlon qilingan Navoiy shahar Navoiy ko‘chasi 35-uy yonidagi bolalar o‘yingohida «sinib yotgan kachelamiz bor shirkatga aytdik foydasi yo‘q, kachelani olib ketmaydi» mazmunda murojaat yoritildi.

Navoiy viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan murojaat o‘rganib chiqildi. Navoiy ko‘chasi 35-uyga kommunal xizmat ko‘rsatib kelayotgan «Kommunal Diamond» BSK tomonidan bolalar maydonchasidagi globus shaklidagi singan bolalar arg‘imchog‘i olib ketildi hamda maydonchada mavjud o‘yin vositalari taʼmirlab berildi.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqda yoritilgan Navoiy shahridagi 9-kichik tumandagi ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatib kelayotgan «Marjontosh nuri» BSK tomonidan bolalar maydonchasida singan sport anjomi tuzatilmayotganligi yuzasidan murojaat o‘rganilib, BSK tomonidan muammo bartaraf etib berildi.
Navoiy viloyati Qurilish va Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi axborot xizmati.
