‼️ Navoiy viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Akbar Niyozov mutaxassislar ishtirokida Navoiy shahridagi «G‘alaba sof sifat BSK», «Gulobod siti BSK» va «Risenoz BSK» hududidagi ko‘p qavatli uylarda olib borilayotgan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini ko‘zdan kechirdi, aholi bilan suhbat jarayonida aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan BSK rahbarlari, mutasaddilarga kerakli tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.

❗️Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali turar joy fondini 2024/2025 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqillib, boshqaruv

tashkilotlarining 21,1 mlrd.so‘m mablag‘lari hisobidan 491 ta ko‘p qavatli uylarni taʼmirlash rejalashtirilgan, bugungi kunda 347 ta (71%) uylarda taʼmirlash ishlari amalga oshirildi va 14,7 mlrd.so‘m mablag‘ sarflangan.
