Qurilish ishlari olib borilayotgan hududlar hokimlar tomonidan o‘rganilmoqda. Navbahor tuman hokimi Azamat O‘roqov yangitdan qurilayotgan Alisher Navoiy qishloq vrachlik punktining qurilish ishlari bilan tanishdi. Tiklanayotgan binoning sifatli va tez fursatda bajarilishi bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriq hamda tavsiyalar berildi.

