Navoiy viloyati Qurilish bosh boshqarmasining Tuman (shahar) qurilish bo‘limlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi Tursunov Iskandar Sirojovichning Navoiy shahar hokimi o‘rinbosari lavozimiga tayinlanganligi munosabati bilan viloyat qurilish bosh boshqarmasi jamoasi yig‘ilib, I.Tursunovning kelgusi ishlarida omad va muvaffaqiyatlar tilab qolishdi. Bosh boshqarma yuristkonsulti Rustam Arziyev, bosh boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari v.v.b. Ozod Shodiyev va boshqa so‘z olganlar, I. Tursunovning Karmana va Navbahor tumanlarida bosh arxitektor lavozimida olib borgan ishlari haqida gapirib, Navoiy shahrining rivojlantirish borasida ham o‘z hissasini qo‘shishi yuzasidan fikrlar bildirishdi.
Navoiy viloyat qurilish bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
