Bugun Navbahor tumanida yangi Ma’naviyat va ma’rifat maskani binosi foydalanishga topshirildi.
Maskanning tantanali ochilish marosimida tuman hokimligi mutasaddilari, ijodkorlar, o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari M.Jumaboyev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari A.Muqimovlar faoliyat boshlayotgan mazkur maskan tuman ahliga o‘ziga xos tuhfa bo‘lganligini ta’kidlashdi.
Maskanda ijodkor va kitobxonlar uchun kutubxona va tadbirlar zali, tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi uchun xizmat xonalari bo‘lib, qulay sharoitlar yaratilgan.


Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida viloyatning Navoiy shahri, Konimex hamda Karmana tumanlarida yangi Ma’naviyat va ma’rifat maskanlari ochilgan bo‘lsa, Navbahor tumanidagi mazkur maskan ham ana shu ishlarning uzviy davomi b o‘ldi.
