Navoiy shahrining “Guliston-3” massivida qiymati 26 mlrd. so‘mlik shahar markaziy shifoxonasi barpo etilmoqda.

Davolash maskani 110 o‘ringa ega bo‘lib, shahar aholisi fidoyi shifokorlarning tibbiy xizmatlaridan foydalanadilar. Shahrimizning zamonaviy shifoxonasi 2022 yilning birinchi choragida foydalanishga topshirilishi belgilangan.
