Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi

Ishonch telefoni:
+998 79 2205011

Navoiy viloyati Navoiy shahri
Zarapetyan ko'chasi 10-uy

2021 yil dasturi bo‘yicha:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 martdagi
PF-6186-sonli farmoni ijrosi yuzasidan Navoiy viloyatida 2021 yilda yangi tartib doirasida jami 35 ta 1040 xonadonli ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shaharlarda 500 ta (Navoiy ahrida
3 ta 7 qavatli va 3 ta 16 qavatli, Zarafshon shahrida 2 ta), qishloq joylarda 380 ta, Karmana tumanida 10 ta 5 qavatli, Qiziltepa tumanlarida 9 ta 5 qavatli, hamda «Qishloq qurilish invest» IK MCHJ buyurtmachiligiada 160 ta kvartirali 8 ta 5 qavatli uy-joylar qurib foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunda jami 35 ta 1040 xonadonli uy-joylardan 15 ta 366 xonadonli (8 ta 160 xonadonli «Qishloq qurilish invest» IK MCHJ,
3 ta 7 qavatli 126 xonadonli hamda 2 ta 5 qavatli 40 xonadonli)
uy-joylar foydalanishga topshirildi, qolgan 22 ta 714 xonadonli ko‘p qavatli uy-joylarda ichki va tashqi pardozlash, muxandislik tarmoqlariga ulash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

2022 yil dasturi bo‘yicha:

        «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 dekabrdagi «Yangi O‘zbekiston» massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-32-sonli Farmoniga asosan Navoiy viloyatida 2 ta tumanda Krmana va Qiziltepa tumanlarida «Yangi O‘zbekiston» barpo etilishi belgilangan.

         Karmana tuman “Do‘stlik” MFY hududidan tanlangan massiv bo‘yicha,  «Qishloq qurilish loyiha» MCHJ viloyat filiali tomonidan massivning bosh reja sxemalari loyiha takliflari ishlab chiqilib, unga ko‘ra hududda 54 ta 5 qavatli jami 1066 ta xonadonli turar-joy binolari, 1 ta 1056 o‘rinli umumiy o‘rta taʼlim maktabi, 2 ta 120 o‘rinli maktabgacha taʼlim tashkiloti, madaniyat uyi binosi, mahalla fuqarolar yig‘ini, “Coworking” markazi, oilaviy poliklinika, hammom binosi, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish binolarini barpo etish ko‘zda tutilgan.  Qiziltepa tuman “Malikrabod” MFY hududidan tanlangan massiv bo‘yicha, «Qishloq qurilish loyiha» MCHJ viloyat filiali tomonidan massivning bosh reja sxemalari loyiha takliflari ishlab chiqilib, unga ko‘ra hududda 53 ta 5 qavatli jami 1060 ta xonadonli turar-joy binolari, 1 ta 1056 o‘rinli umumiy o‘rta taʼlim maktabi, 2 ta 120 o‘rinli maktabgacha taʼlim tashkiloti, madaniyat uyi binosi, mahalla fuqarolar yig‘ini, “Coworking” markazi, oilaviy poliklinika, hammom binosi, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish binolarini barpo etish ko‘zda tutilgan.

NAVOIY VILOYATI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI BOSH BOSHQARMASI

Navoiy viloyati Navoiy shahri Zarapetyan ko'chasi 10-uy
Matbuot xizmati: 79 220-50-12
ish kunlari: Dushanba-Juma
Ish vaqti: 9:00-18:00
Tushlik: 13:00-14:00
Copyright © 2021 • Softex • All rights reserved.