Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi tomonidan “Gender strategiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyati” mavzusida seminar oʻtkazildi. Unda vazirlikning hududiy boshqarmalari, tizim tashkilotlari, loyiha, qurilish pudrat tashkilotlari hamda tarkibdagi taʼlim muassasalari, OAV vakillari ishtirok etdi. Tadbirni Qurilish vaziri oʻrinbosari, maslahat kengashi raisi Nasrullo Nurillayevich Babayev olib bordi.
Seminarda gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar, 2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasi gender tenglikka erishish strategiyasining mazmun-mohiyati haqida soʻz yuritildi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi huzuridagi Ekspertlar Kengashi aʼzosi Gulnora Amonovna Eshonxonovaning “Oʻzbekistonda gender masalalariga oid milliy qonunchilik”, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, Xotin-qizlar masalalari boʻyicha boʻlim boshligʻi, polkovnik Umida Hazratovna Abdullayevaning “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishda himoya orderining ahamiyati toʻgʻrisida”gi maʼruzalari tinglandi.
Tadbirda namoyish etilgan videoroliklarda, xotin-qizlarni jamiyatdagi faolligini oshirish, ularning haq-huquqlarini himoyalash, gender tenglikni taʼminlash, milliy mentalitetimizning mazmun-mohiyatida ayol shaʼni va qadri balandligi aks etdi. Seminarda Navoiy viloyat qurilish bosh boshqarmasi xodimlarining onlayn orqali ishtiroki taʼminlandi.
Mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar, taklif va tashabbuslar bildirildi.
Navoiy viloyat qurilish bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
