
‼️Navoiy viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mas‘ullari ishtirokida qurilish sohasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

✔️Sayyor qabulda ko‘p qavatli uylarni qurishda uchrayotgan muammolar, turar joyni noturarga o‘zgartirish, xususiy maktab qurishga ruxsat, qurilish materiallari ishlab chiqish sexi uchun yer maydoni ajratilishi kabi murojaatlar yuzasidan qonun doirasida o‘rganilib, yechimi bo‘yicha tegishli mutasaddilarga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

📊Ochiq va konstruktiv muloqotda viloyatda amalga oshiriladigan yangi loyihalar, qurilish sohasidagi mavjud muammolar soha vakillarining yangi taklif va loyihalari muhokama qilindi.
Navoiy viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
