
📍 Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva Navoiy viloyatiga bo‘lgan xizmat safari chog‘ida viloyat hokimi bilan uchrashib, uning kommunal sohada olib borayotgan qator ishlarini alohida e’tirof etdi.
Ta’kidlanganidek, Navoiy viloyatida ko‘p kvartirali uylarga xizmat ko‘rsatish sohasi qat’iy tizimlashtirilganligi va doim takomillashtirilib borilayotgani bois qator yaxshi natijalarga erishilmoqda. Xususan, viloyat aholisining to‘lov qobiliyati bugungi kunda 100 foizga yetgan. 2024-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra mavjud 10,1 mlrd so‘m debitor qarzdordik hozirda to‘liq so‘ndirilgan. Bu esa sohada bevosita xizmat sifatini oshishi va aholi qulayligi ta’minlanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ozoda Jo‘rayeva mazkur ishlarning muvaffaqiyatli borishida viloyat hokimligining alohida o‘rni borligini bildirdi:
- Davlatimiz rahbarining xalqchil siyosati bugun barcha sohalar qatori uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimida ham o‘zining ijobiy tomonlarini ko‘rsatmoqda. Bugun xalqimizning xavfsiz, qulay va shinam sharoitlarini ta’minlashga bir qator mas’ul tashkilotlar vakillari jalb qilinganki, maqsad aholimizning eng birlamchi talablariga munosib bo‘lish. Zero, o‘z uyidan ko‘ngli to‘q insonning ishida albatta baraka bo‘ladi. Shu o‘rinda viloyatda erishilayotgan yutuqlar zamirida siz boshchiligingizdagi jamoaning mehnatini yuksak e’tirof etamiz va qadrlaymiz, — dedi vazir o‘rinbosari.
O‘z o‘rnida viloyat hokimi bunday e’tibordan mamnun ekanligini, xalq osoyishtaligi yo‘lida mas’uliyati yanada oshirishini bildirib o‘tdi.
Ma’lumot uchun, Navoiy viloyatida mavjud jami 2 008 ta ko‘p qavatli uyga 64 ta boshqaruv organi xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
