AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
✔️Viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi rahbariyati bilan Navoiy shahri O‘zbekiston MFY aholisi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda aholining muammo va tashabbuslari, takliflari o‘rganildi.

Xususan, hududda faoliyat yurituvchi «Navoiy Jasur Ishonch» UJMSH tomonidan Parvoz, Yoshlik, O‘zbekiston, Gagarin, Shaboda ko‘chalarida yashovchilar uchun ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlarning holati, sifati tahlil etilib, lozim bo‘lgan tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Navoiy viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
