O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4794-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida.
O‘zR FA M.T. O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi instituti va O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tizimiga kiruvchi Toshkent arxitektura-qurilish institutining mutaxassislari tomonidan hamkorlikda ishlab chiqilgan amaliy qo‘llanma xususiy uy egalarining mumkin bo‘lgan zilzilaning og‘ir oqibatlaridan himoya qilish maqsadida o‘z uylarining zilzilabardoshligini aniqlash uchun mo‘ljallangan.
Dolzarb va muhim mavzu yoritilgan ushbu qo‘llanmani o‘qib chiqishni tavsiya etamiz.
Navoiy viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi matbuot xizmati.
