Aholidan kelib tushgan murojaatlarni joyiga chiqqan holda o‘rganish, ularni qiynayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi arxitektorlaridan iborat ishchi guruh tumanlarda bo‘lib, aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.



Navbatdagi uchrashuvlar Xatirchi tumanining Koriz, Jaloyir, Mustaqillik, Binokor, Paraxun, Damariq, Mirzo Ulug‘bek, Fidokor MFYlarida bo‘lib o‘tdi. U yerdagi fuqarolar bilan uchrashib suhbat olib borilib, ijtimoiy ahvol o‘rganildi.
Navoiy viloyati Qurilish va Uy-joy kommunal xo’jaligi boshqarmasi axborot xizmati
