❗️Hukumat qarori bilan Navoiy viloyati Karmana tumani hududining jami 1097.58 gektar (Shundan “Yoshlik” MFY hududidan 1074,44 gektar va “Varq” MFY hududidan 26.14 ga) yer maydoni Navoiy shahri hududiga o‘tkazildi.
❗️Navoiy shahrining hududi 5153 gektardan iborat bo‘lib,1097.58 gektar yer maydoni qo‘shilgach, 6250.58 gektarni tashkil etmoqda. Navoiy viloyati Karmana tumani hududidan Navoiy shahar hududiga o‘tkazilgan 1097.58 gektar yer maydonidagi qurilish loyihasi III bosqichda amalga oshiriladi. I-bosqich bo‘yicha 635 gektarda, II-bosqich bo‘yicha 259 gektarda,III-bosqich bo‘yicha 203 gektarda amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Yangi qo‘shilgan hududlarda ko‘p qavatli turar-joy binolari, umumtaʼlim maktabi, maktabgacha taʼlim muassasasi, maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari, “Coworking” markazi, tibbiyot va boshqa obyektlar qurilishi olib borilmoqda.
Navoiy viloyat qurilish bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
