Bugun Navoiy viloyat qurilish bosh boshqarmasida ulug‘ bobokalonlarimiz, Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlab maʼnaviyat va maʼrifat soati o‘tkazildi.

Tadbirda Navoiy davlat pedagogika instituti tilshunoslik kafedrasi mudiri, filologiya fanlari nomzodi, dotsent B. Zaripov hamda ozbek tili va adabiyoti kafedrasi katta oqituvchisi S. Muqimova ishtirok etib, buyuk allomalarimizning hayoti va ijodi haqida tadbir ishtirokchilariga so‘zlab berdi. Chunonchi, A. Navoiy asarlarida so‘zdan to‘g‘ri foydalanishga qaratilgan hikmatlar, Mirzo Boburning asarlaridagi Vatanga muhabbat, yurtni obod qilish va xalqqa adolat ko‘rsatish kabi taʼsirchan jihatlar tadbir ishtirokchilarida yaxshi taassurot qoldirdi. Darhaqiqat, donishmand ajdodlar qoldirib ketgan durdona asarlar avlodlar uchun maʼnaviy xazina, yuksak tarbiya va ulkan bilim manbai bo‘lib xizmat qiladi.

Navoiy viloyat qurilish bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
