
Bugun buyuk mutafakir shoir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan viloyat markazidagi madaniyat va istirohat bog‘ida ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Dastlab viloyat hokimi Normat Tursunov boshchiligidagi sektor rahbarlari va mas’ullar, ijodkor va ziyolilar, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va talabalari, keng jamoatchilik vakillari tomonidan Hazrat haykali poyiga gul qo‘yilib, hurmat bajo keltirildi.
Shundan so‘ng olimlar, taniqli ijodkorlar ulug‘ bobokalonimizning boy ma’naviy merosi, umuminsoniy g‘oyalari haqida ma’ruzalar qildilar.
Buyuk mutafakir shoir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar viloyat markazidagi “Farhod” madaniyat saroyida davom etadi.
