Yig‘ilishga viloyat bo‘yicha Buyurtmachi,Qurilish Pudrat va Loyiha tashkilotlari hamda Ekspertiza organlari jalb etilib, sohadagi ustuvor maqsadlar atroflicha muhokama qilindi.
Qatnashuvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy joy kommunal vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston sharoitida mavjud binolarning energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha maxsus qo‘llanma va «Qurilishda Davlat Nazorati» elektron tizimi bo‘yicha alohida tushuntirishlar berilib, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.



