Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi

Ishonch telefoni:
+998 79 2205011

Navoiy viloyati Navoiy shahri
Zarapetyan ko'chasi 10-uy

Maʼlumki, «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari doirasida qishloq va mahallalardagi yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari hamda ijtimoiy soha obyektlari qurilishlari samarasida obod bo‘layotgan hududlar soni ortib bormoqda. Navbahor tumanidagi “Yuqori Beshrabot” mahalla fuqarolar yig‘inining zamonaviy talablar asosida qad ko‘targan binosi tumandagi yangi qurilgan 6- mahalla binosi hisoblanadi. Qulay va shinam ko‘rinishga ega inshoot beshrabotliklarga quvonch baxsh etdi. Shuningdek, mahallaning ichki yo‘llari taʼmirlanib obod bo‘ldi, yoritgich-chiroqlar o‘rnatilib ko‘chalarga fayz kirdi.

Binoning ochilish marosimida Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari S.Turdiyev so‘zga chiqib, davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan islohotlar aholi turmush tarzini yaxshilash, mahalla institutining faoliyatini yana-da takomillashtirish va nufuzini yana-da yuksaltirishga qaratilganligini alohida taʼkidladi.

NAVOIY VILOYATI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI BOSH BOSHQARMASI

Navoiy viloyati Navoiy shahri Zarapetyan ko'chasi 10-uy
Matbuot xizmati: 79 220-50-12
ish kunlari: Dushanba-Juma
Ish vaqti: 9:00-18:00
Tushlik: 13:00-14:00
Copyright © 2021 • Softex • All rights reserved.