Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi

Ishonch telefoni:
+998 79 2205011

Navoiy viloyati Navoiy shahri
Zarapetyan ko'chasi 10-uy

Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Normat Tursunov, Karmana tumani hokimi F.Umarov hamda tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlari va Hazora mahallasining aholisi ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan ancha yillardan buyon maʼnan eskirgan tibbiyot punkti o‘rnida shinam va yorug‘, barcha kerakli sharoitlar yaratilgan tibbiy xizmat ko‘rsatish faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda shifokorlarni biriktirib berish masalasi, ko‘chadagi eski simyog‘ochlarni yangisiga almashtirish lozimligi to‘g‘risidagi muammolar o‘rtaga tashlandi. Ushbu murojaatlarni tinglagan viloyat rahbari uch kun muddatda mablag‘ ajratish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatma berdi.

Shuningdek, aholini qiynab kelayotgan, katta mablag‘ talab etiladigan muammo va takliflarni o‘rgangan holda Respublika ishchi guruhiga taqdim etilishi taʼkidlandi.

NAVOIY VILOYATI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI BOSH BOSHQARMASI

Navoiy viloyati Navoiy shahri Zarapetyan ko'chasi 10-uy
Matbuot xizmati: 79 220-50-12
ish kunlari: Dushanba-Juma
Ish vaqti: 9:00-18:00
Tushlik: 13:00-14:00
Copyright © 2021 • Softex • All rights reserved.