Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi

Ishonch telefoni:
+998 79 2205011

Navoiy viloyati Navoiy shahri
Zarapetyan ko'chasi 10-uy

Bugun, 6 sentyabr kuni Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotining axborot xavfsizligi bo‘yicha ilmiy-ekspert forumi o‘z ishini boshladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi hamda SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi bilan hamkorlikda gibrid formatda tashkil etilgan tadbirda SHHTga aʼzo davlatlarning tegishli vazirlik, idoralari, ilmiy-akademik va tahliliy doiralari vakillaridan iborat 30 nafardan ziyod yetakchi ekspertlar ishtirok etib, raqamlashtirish sohasidagi so‘nggi tendensiyalar va yutuqlarni muhokama qilmoqda.

Mazkur forumni o‘tkazish tashabbusi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2021 yil 17 sentyabr kuni SHHTning Dushanbe sammitida ilgari surilgan edi (https://t.me/nigoh_01/988).

Shu nuqtai nazardan O‘zbekiston Prezidentining ushbu forumni o‘tkazish bo‘yicha o‘z vaqtida ilgari surgan muhim tashabbusi ishtirokchilarga axborot xavfsizligini taʼminlash sohasidagi xavf-xatarlarga qarshi kurashishga oid yagona siyosatni shakllantirish bo‘yicha aniq takliflar, amaliy tavsiyalar ishlab chiqish, shuningdek SHHT mamlakatlari fuqarolari axborotdan erkin va hech qanday to‘siqsiz foydalanishini taʼminlash bo‘yicha umumiy yondashuvlarni kelishib olish imkonini beradi.

Ushbu keng qamrovli masalalarni ko‘rib chiqish uchun forum kun tartibi 3 mavzuga oid sessiyaga bo‘lingan:

1. Axborotdan foydalanish ko‘lamini kengaytirish – zamonaviy jamiyatni rivojlantirishning muhim omili.

2. Axboriy-g‘oyaviy xatarlar va bunday tahdidlarga qarshi samarali javob choralarini ishlab chiqish.

3. AKT jadal rivojlanishi sharoitida nozik axborot infratizimi obyektlarini himoya qilish.

Mazkur tadbir mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash va SHHTga aʼzo davlatlarning axborot va kiber makondagi xatarlarga qarshi kurash borasidagi salohiyatini oshirish imkonini beradi.

NAVOIY VILOYATI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI BOSH BOSHQARMASI

Navoiy viloyati Navoiy shahri Zarapetyan ko'chasi 10-uy
Matbuot xizmati: 79 220-50-12
ish kunlari: Dushanba-Juma
Ish vaqti: 9:00-18:00
Tushlik: 13:00-14:00
Copyright © 2021 • Softex • All rights reserved.