Navoiy shahrida “Thompson” davlat xususiy sherikligi asosidagi umumtaʼlim maktabi iurilish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Navoiy shahrida “Thompson” davlat xususiy sherikligi asosidagi umumtaʼlim maktabi iurilish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.
Navoiy shahar qurilish bo‘limi muhandislari va shahar hokimligi mutasaddilari maskanda amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari bilan tanishib, o‘zining takliflarini berdi. “Thompson” MCHJ rahbari, tadbirkor Shahzod Bahodirov bilan uchrashib,olib borilayotgan ishlar o‘rganildi. Xususan, kadastr bo‘limi, soliq inspeksiyasi, obodonlashtirish boshqarmasi, mahalla raisi va shirkat rahbarlari tomonidan maktab atrofida vorkaut va bolalar maydonchasi tashkil etish, ko‘klamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha kelishib olindi.
Maʼlumot uchun, ushbu taʼlim muassasasining loyiha qiymati 6 mlrd so‘mni tashkil etib, 600 o‘ringa mo‘ljallangan. Bu yerda ingliz tili va IT sohasi chuqurlashtirilgan tarzda o‘qitiladi. Maskanning birinchi bosqichi joriy yil Navro‘z bayrami, ikkinchi bosqichi esa mustaqilligimizning 31 yilligi arafasida foydalanishga topshiriladi.
