Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi

Ishonch telefoni:
+998 79 2205011

Navoiy viloyati Navoiy shahri
Zarapetyan ko'chasi 10-uy

Yurtimizda ekalogiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil olamni   saqlash va ko‘paytirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi respublikamiz bo‘ylab keng miqyosda olib borilmoqda. Ushbu xayrli tadbirda Navoiy viloyat qurilish bosh boshqarmasi, shahar va tuman bo‘limi arxitektorlari faol ishtirok etib, daraxt ekish, ko‘kalamzorlashtirish maqsad qilingan dolzarb 40 kunlik ishlariga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.  Ular tomonidan Karmana tumani Malikrabot qo‘rg‘onidan ajratilgan 600 sotik yer maydoniga 580 ta tut ko‘chatlari ekildi.
Yurtimizda yashil olam qanchalik katta hududni egallasa, osmonimiz shuncha musaffo bo‘ladi. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan ushbu g‘oya, kelajak avlodga g‘amxo‘rlik qilish, fauna va florani asrash, ekalogik muhitni yaxshilash maqsadlarini qamrab olgani bilan ahamiyatli. – Ushbu loyihaga hissamizni qo‘shish – barchamizning insoniy burchimizdir.
Bosh boshqarma tomonidan daraxt ekish ishlari doimiy yo‘lga qo‘yilgan. Joriy yil fevral oyida Navoiy shahridagi Navoiy bog‘i hududidagi 50 sotik yerga archa ko‘chatlari qadab parvarishlab kelinmoqda. Bugun ekilgan yiliga bir necha bor hosil beruvchi tut daraxtzorining barpo etilishi, ekalogiya va salomatlikni asrash bilan birga, pilla yetishtirish hajmlarini oshirish, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar, shu jumladan, shoyi gazlamalar va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga hissa qo‘shadi.
Bu kabi xayrli ishlar davom etmoqda.

Bosh boshqarma matbuot xizmati

NAVOIY VILOYATI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI BOSH BOSHQARMASI

Navoiy viloyati Navoiy shahri Zarapetyan ko'chasi 10-uy
Matbuot xizmati: 79 220-50-12
ish kunlari: Dushanba-Juma
Ish vaqti: 9:00-18:00
Tushlik: 13:00-14:00
Copyright © 2021 • Softex • All rights reserved.