Korrupsiyaga qarshi kurash

                       Korrupsiyaga qarshi kurash — har birvatanparvar fuqaroning vijdon ishidir va jamiyat bu illatni saratonday qabul qilishi lozim.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat MIRZIYOYEV

NAVOIY VILOYATI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XOʻJALIGI BOSH BOSHQARMASI BOSHLIGʻI
AKBAR NIZOYOV ISHPULATOVICHNING
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BOʻYICHA MUROJAATI

     Soʻnggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim tashkiliy huquqiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishga xalq farovonligini taʼminlash va inson qadrini oshirish borasida tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.

     Korrupsiya — bu jamiyatni turli yoʻllar bilan iskanjaga oladigan, demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadigan, inson huquqlari buzilishiga olib keladigan, bozorlar faoliyatiga toʻsqinlik qiladigan, hayot sifatini yomonlashtiradigan va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan dahshatli illatdir.

     Joriy yilning 5-mart kuni boʻlib oʻtgan hurmatli Prezidentimiz Shavkat Miromonovich raisligida korrupsiyaning oldini olish borasidagi ishlar samaradorligi va istiqboldagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy Kengashining kengaytirilgan yigʻilishida soʻzlagan nutqlarida Qurilish sohasi eng korrupsiyalashgan sohalardan biri  ekanligi, “Shaffof qurilish” dasturi amalga oshirilgandan soʻng bu yoʻnalishda ham ijobiy oʻzgarishlar sezilib, investitsiya dasturiga kiritilgan obyektlarni qurishda 4000 dan ortiq pudratchi 13 500 ta obyekt qurilishida ishtirok etgani va sohani raqamlashtirish hisobiga oxirgi 3,6 yil ichida 4 trillion soʻm budjet mablagʻlari tejalganligi eʼtirof  etildi.

     Davlatimiz rahbari jahon iqtisodiyoti shiddat bilan oʻzgarib borayotgan sharoitda hech bir sohani raqamli texnologiyalarsiz tasavvur qilib boʻlmasligini bildirib, “Raqamlashtirishdan bosh tortayotgan rahbar – korrupsiyani yoʻq qilishga intilmagan rahbar” deb taʼkidladilar. 

     Shu sababli Yangi Oʻzbekistonda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, inson huquqlari va manfaatlarini soʻzsiz taʼminlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlar doirasida barcha sohalarda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish muhitini shakllantirish talab etiladi.

     Xususan, hujjatlar almashinuvida inson omilining aralashuviga yoʻl qoʻymaslik, bunda elektron hujjat aylanishini taʼminlash maqsadida innovatsion texnologiyalarni joriy etgan holda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi ishga tushirilgan.

     Davlatimiz rahbarining “Qurilish sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlari asosida amalga oshirilgan ushbu loyiha bilan qurilish obyektlarini rekonstruksiya qilish, loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, ekspertiza, nazorat va monitoring faoliyatlari toʻliq raqamlashtirildi.

     “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi doirasida, “Qurilish sifat nazorati” va “Loyiha-smeta hujjatlari ekspertizasi” kabi axborot tizimlari faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

     “Loyiha-smeta hujjatlari ekspertiza xulosalari” elektron reyestri, “Investitsiya dasturidagi obyektlar qurilishi monitoringi” axborot-tahliliy tizimi, “Qurilish sohasida davlat xizmatlari” platformasi axborot tizimlari ishlab chiqildi.

     Mazkur platforma orqali qurilishning ayrim turlarini litsenziyalash boʻyicha xizmat turlari toʻliq raqamlashtirildi.

     “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi doirasida ishlab chiqilgan axborot tizimlari boshqa davlat organlarining axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari bilan integratsiya qilindi.

     “Qurilish pudrat tashkilotlar reytingi” hamda “Loyiha tashkilotlari reytingi” axborot platformalarining ishga tushirilgani faoliyat samaradorligi va shaffofligini taʼminlamoqda.

     “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida davlat qurilish nazoratini amalga oshirish doirasida elektron hujjat almashinuvi joriy etildi.

      Hozirda “Qurilishdagi nazorat” tizimi orqali respublika boʻyicha 32 000 nafardan ziyod foydalanuvchi nazorat faoliyatini yuritmoqda.

      Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh turgan yer uchastkalari tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun faqat “e-ijro auksion” savdo maydonchasida elektron onlayn-auksion orqali berilishi yoʻlga qoʻyildi.

      Shuningdek, korrupsion holatlarni oldini olish va ularni bartaraf etishning eng muhim jihatlaridan biri boshqaruv tizimida “inson omili”ni kamaytirish uchun davlat va jamiyat boshqaruviga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishdir. Shu maʼnoda vazirlik tomonidan sohani raqamlashtirish, kommunal toʻlovlar tizimi shaffofligini taʼminlash maqsadida “Mening uyim” billing tizimi ishlab chiqilgan boʻlib, unda koʻp kvartirali uylardagi aholining majburiy badal toʻlovlari (kvartplata) ni elektron shaklda toʻlash va oʻz navbatida yurtdoshlarimiz tomonidan boshqaruv tashkilotlarining moliyaviy xarajatlarini onlayn kuzatib borish imkoniyati yaratildi.

     Bosh boshqarma tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida profilaktik tadbirlar, xususan, xodimlar bilan tushuntirish ishlarini amalga oshirish, suhbatlar oʻtkazish, targʻibot ishlarini amalga oshirish kabi keng koʻlamli ishlar amaga oshirilib kelinmoqda.

      Qurilish sohasida hali ham muassasalarda korrupsiya, byurokratiya, taʼmagirlik, manfaatlar toʻqnashuvi kabi ayrim salbiy holatlar saqlanib qolayotganini, bu tizimdagi islohotlar samaradorligiga putur yetkazishi, xalqning qurilish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan fidoyilariga boʻlgan ishonchini zaiflashtirishiga olib keladi.

      Bosh boshqarma va tuman, shahar bo’limlari xodimlarining qonunchilikka zid xatti-harakatlari yoki harakatsizliklari hamda xodimlarning korrupsiya va boshqa huquqbuzarlik holatlariga aloqadorligi yuzasidan maʼlumotlarga yuzaga kelganda vazirlikning ishonch telefoni, maxsus aloqa kanallari, telegram boti hamda rasmiy veb-sayti orqali murojaatlarni yoʻllash imkoniyatlari yaratilgan.

      Murojaatlar qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda koʻrib chiqiladi hamda tasdiqlangan korrupsion holatlar boʻyicha keskin qonuniy choralar koʻriladi.

      Muhtaram Prezidentimiz “Korrupsiyaga qarshi butun jamoatchilik bilan kurashishimiz zarur” deb taʼkidlganlaridek, vazirlik ham oʻz navbatida   bevosita korrupsiyaga toqatsiz munosabatini shakllantirishda va unga qarshi kurashishda barcha saʼy-harakatlarni amalga oshirishga shaydir.

      Oʻz navbatida, fuqarolardan Bosh boshqarma va tuman, shahar bo’limlari xodimlarining korrupsiyaviy xatti-harakatlariga guvoh boʻlganida yoki qonunchilikka zid boshqa huquqbuzarlik holatlariga aloqadorligi yuzasidan maʼlumotga ega boʻlishganida bosh boshqarmaning ishonch telefon raqamlari  79-220-50-08, 79-220-50-11 hamda  @navqurilish_bot  rasmiy telegram boti yoxud navqurilish@nv.uz elektron pochta manzili orqali oʻz murojaatlarini yoʻllashlari mumkin.

      Shuningdek, bosh boshqarma tizimida mehnat qilayotgan har bir rahbar va xodimni korrupsiya holatlarining har qanday koʻrinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlishga hamda oʻz xizmat vazifalarini halol hamda xolis bajarishga yana bir bor chaqiraman.

 

Navoiy viloyati Qurilish va uy-joy kommunal
xoʻjaligi bosh boshqarma boshligʻi    A.Niyozov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5729-son Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 2019 yil 30 avgustda tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ning 4-bandi bilan Qurilish vazirligi tizimida BMT Taraqqiyot dasturi ko‘magida tanlov o‘tkazish asosida, xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda Qurilish vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish choralarini kuchaytirishga qaratilgan «komplayens nazorat» (compliance control) tizimini joriy etish belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 17 fevraldagi 72-f-son farmoyishi ijrosi yuzasidan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va BMT Taraqqiyot dasturi ko‘magida Qurilish vazirligi tizimida xalqaro auditorlik kompaniyasi KPMG (Italiya) ekspertlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish “komlayens nazorat” tizimini joriy etish belgilangan farmoyish ijrosi yuzasidan qator ishlar amalga oshirildi.
Xalqaro auditorlik kompaniyasi KPMG (Italiya) ekspertlari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlarning birinchi bosqichida qurilish sohasiga taalluqli 25 ta qonun va 30 ta vazirlik ichki hujjatlari tahlil qilindi. Shuningdek, KPMG ekspertlari tomonidan 27 nafar vazirlik boshqarmalari va bo‘lim boshliqlari bilan 40 soatlik intervyu o‘tkazilib, tizimda yuzaga kelayotgan korrupsion holatlar kelib chiqishining 70 ta sababi aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan xorijiy ekspertlar tomonidan 50 ta tavsiya ishlab chiqildi. Natijada KPMG ekspertlari vazirlik faoliyati to‘g‘risida umumiy hisobot ishlab chiqildi.
KPMG ekspertlarining mavjud xatarlarni hisobga olgan holda vazirlikning tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi hisoboti tayyorlandi va ushbu tavsiyalar asosida vazirlik tizimida yuzaga kelayotgan korrupsion holatlarning sabab va shart-sharoitlarining oldini olishga qaratilgan tadbirlarning ta’sirchanligini oshirish borasidagi “Yo‘l xaritasi” Qurilish vazirinig 2021 yil 9 martdagi 49-son buyrug‘i bilan tasdiqlandi.
“Yo‘l xaritasi” 7 bob va 76 banddan iborat bo‘lib, unda:
1. Normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirish;
2. Ichki hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirish;
3. Komplayens-nazorat funksiyasini tashkil etish;
4. Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha ma’lumot berish va ommalashtirish;
5. Avtomatlashtirish;
6. Vazirlik funksiyalarini bajarilishini takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar;
7. Boshqa tadbirlar nazarda tutilgan.
Hozirgi kunda vazir bo‘yrug‘i asosida vazirlik tizimiga kiruvchi barcha tashkilotlarda ichki buyruq bilan moslashirilgan “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, aniq ijrochilar hamda muddatlar qo‘yilib, ijroga qaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 20 mayda “Kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati faoliyatini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 321-son qarori qabul qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Davlat xaridlari sohasida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha 2020 yil 24 dekabr kuni tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi” chora-tadbirlari ijrosi yuzasidan ishlar olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2021 yil 28 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 19 maydagi 06/1-02/596-son qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida”gi 114-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi” chora-tadbirlari ijrosi yuzasidan ishlar olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2020 yil 29 iyundagi “Sog‘liqni saqlash, ta’lim va qurilish sohalarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyat to‘g‘risida”gi 27-son qarorida berilgan topshiriqlar va Qurilish vazirining 2020 yil 15 sentabrdagi 250-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Chora-tadbirlar” rejasi ishlab chiqilib, ijrosi olib borilmoqda.

Bundan tashqari, Qurilish sohasidagi nazorat inspeksiyasi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 sentabrdagi “Qurilish sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4464-sonli qaroridan kelib chiqib, qurilish Obyektlarini nazorat qilish jarayonlarida korrupsiya omillarini kamaytirish va shu jarayonlarning shaffofligini ta’minlash uchun, Komplayens xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzurida Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda «Shaffof qurilish» milliy axborot tizimining “Qurilishdagi nazorat” quyi tizimi ishlab chiqildi va 2021 yildan qurilish sifatini nazorat qilish bo‘yicha real vaqt rejimida butun respublika hududiga joriy qilindi.
Obyektlarda qurilish-montaj ishlarini nazorat qilishda inspektorlar 266 ta zamonaviy planshet qurilmalari bilan ta’minlandi.
Hozirda “Qurilishdagi nazorat” tizimi orqali Respublika bo‘yicha 32800 nafar foydalanuvchi nazorat faoliyatini yuritmoqda. Bular: 13400 ta buyurtmachilarning texnik nazoratchilari, 4400 ta mualliflik nazorati, 15000 ta pudratchilarning ichki nazoratchilari va inspektorlar.
Bugungi kunda buyurtmachi, loyihachi va pudrat tashkilotlari tomonidan qurilish Obyektlarida 51800 ta qoidabuzarlik aniqlandi va tizimga fotofaktlari bilan kiritildi.
“Qurilish nazorati” tizimi to‘liq joriy etilishi natijasida nazorat jarayonidagi inson omili keskin qisqarishi kutilmoqda, ya’ni aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan rasmiylashtiriladigan hujjatlar onlayn tizimda bo‘lib, inspektor, texnik nazoratchi, mualliflik nazorati va pudratchilar o‘rtasidagi hujjat almashuvi masofadan amalga oshiriladi, hamda mazkur harakatlar Obyekt, tuman va viloyatlar kesimida masofadan turib nazorat qilinadi.
Komplayens xizmati xodimlari o‘tkazgan o‘rganish tadbirlari natijasida 2020 yil dekabr oyida 1605 ta obyektda (jami kelib tushgan xabarnomalarning 52,1% ni tashkil etadi) buyurtmachilar hududiy inspeksiyalarini xabardor qilmasdan, qurilish-montaj ishlarini boshlab yuborgani aniqlandi.
2021 yil I yarim yillik davrida esa, Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalarga 8161 ta qurilish-montaj ishlarini boshlash to‘g‘risida xabarnomalar yuborilgan bo‘lib, o‘tkazgan o‘rganish tadbirlari natijasida 3974 ta Obyektda (jami kelib tushgan xabanomalarning 48,7 % ni tashkil etadi) buyurtmachilar hududiy inspeksiyalarini xabardor qilmasdan, qurilish-montaj ishlarini boshlab yuborgani aniqlandi.
Qurilish ishlarini boshlash to‘g‘risida hududiy inspeksiyalariga kelib tushgan xabarnomalar bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganish ishlari natijasida, Komplayens xizmati xodimlari tomonidan respublika bo‘yicha o‘tgan davr mobaynida jami 8161-ta ehtimoliy korrupsion holat oldi olindi va aniqlangan qonun buzilish holatlari bo‘yicha ma’lumotlar Hududiy inspeksiya rahbarlariga taqdim etilib, Obyekt buyurtmachilariga nisbattan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida bayonnomalar tuzish va binolarning qurib qo‘yilgan qismi bo‘yicha instrumental texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi va Inspeksiyaning Qurilish-montaj ishlari ustidan nazorat bo‘limiga mazkur ishlarni nazoratga olish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
2020 yil dekabr oyi davomida Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalarga 1730 ta qurilishi tugallangan Obyektlarni foydalanishga qabul qilish bo‘yicha murojaatlar kelib tushgan.
Inspektorlar, Komplayens xizmati xodimlari nazorati ostida o‘tkazilgan o‘rganish ishlari natijasida 1241 ta Obyekt (71,7%) foydalanishga tayyor holda emasligi ma’lum bo‘ldi, bu yerda 481 ta Obyektda (27,8%) ijro hujjatlari yuritilmagan va sinov ishlari amalga oshirilmagan, hamda 760 ta Obyektda (43,9%) qurilish-montaj ishlari yakuniga yetkazilmagan.
2021 yil I yarim yillik davrida, Qurilish soxasida hududiy nazorat inspeksiyalarga 7833 ta qurilishi tugallangan Obyektlarni foydalanishga qabul qilish bo‘yicha murojaatlar kelib tushgan.
Inspektorlar, Komplayens xizmati xodimlari nazorati ostida o‘tkazilgan o‘rganish ishlari natijasida 2928 ta Obyekt (37,4%) foydalanishga tayyor holda emasligi ma’lum bo‘ldi, bu yerda 2428 ta Obyektda (31,0%) ijro hujjatlari yuritilmagan va sinov ishlari amalga oshirilmagan, xamda 5356 ta Obyektda (68,4%) qurilish-montaj ishlari yakuniga yetkazilmagan.
Komplayens xizmati tomonidan amalga oshirilgan o‘rganish va tadbirlar natijasida ish jarayonida yo‘l qo‘yilgan qonunbuzilish holatlari bo‘yicha respublika bo‘yicha 43 Hududiy inspeksiya xodimlariga intizomiy choralar ko‘rildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 sentabrdagi PQ-4464-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 8 fevraldagi 69-son qarorlariga muvofiq Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazining xodimlar umumiy cheklangan soni 25 nafardan iborat bo‘lgan tuzilmasi tasdiqlanib, ish faoliyatini boshladi.

Tashkil etilgan Markaz tomonidan “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi doirasida quyidagi axborot tizimlar ishlab chiqilib,
– “Qurilish sifat nazorati” axborot tizimi;
– “Loyiha-smeta hujjatlari ekspertizasi” axborot tizimi;
– “Loyiha-smeta hujjatlari ekspertiza xulosalari” elektron reyestri;
– “Investitsiya dasturidagi ob’ektlar qurilishi monitoringi” axborot-tahliliy tizimi;
– “Qurilish sohasida davlat xizmatlari” platformasi.
“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi doirasida ishlab chiqilgan axborot tizimlarni respublikani barcha hududlarida 2021 yil 1 yanvar kunidan real vaqt rejimida to‘liq ishga tushirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 19 noyabrdagi “Qurilish sohasida axborot tizimi va geografik axborot texnologiyalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 732-son qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi to‘g‘risida Nizom, shuningdek, uni bosqichma bosqich respublikaning barcha hududlarida joriy etish va boshqa davlat organlari axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari bilan integratsiyalashuvi bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidan foydalanish bo‘yicha Qurilish vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari xodimlari, Qurilish sohasida nazorat qilish inspeksiyasining inspektorlari, “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK xodimlari, shuningdek, qurilish-pudrat, Yagona injiniring buyurtmachi kompaniyalar va boshqa tashkilotlar uchun maxsus o‘quv-mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi doirasida ishlab chiqilgan axborot tizimlari boshqa davlat organlari axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari bilan integratsiyalashuvi amalga oshirildi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi doirasida ishlab chiqilgan axborot tizimlar 2020 yil 20 dekabrda joriy etildi va 2021 yil 1 yanvar kunidan respublikaning barcha hududlarida ishlashi ta’minlandi.
Shu bilan birga, Qurilish sohasida loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari faoliyati samaradorligini hamda natijadorligini oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, qurilish-montaj ishlari sifatini yaxshilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 noyabrdagi “Loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini hisoblash va yuritish tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 699-son qaroriga muvofiq “Qurilish pudrat tashkilotlar reytingi” axborot platformasi ishlab chiqildi.
“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimini ishga tushirilishi natijasida qurilish sohasida:
– barcha davlat xizmatlari to‘liq raqamlashtiriladi;
– hujjatlar elektron shaklda kelishiladi va qog‘oz hujjatlar aylanmasi butunlay istisno etiladi;
– hujjatlarni kelishishda vaqt, mablag‘ va inson resurslari tejaladi;
– elektron raqamli imzo yordamida hujjat hamda imzolovchining shaxsi tasdiqlanadi;
– investitsiya dasturidagi qurilish ob’ektlarining holati real vaqt rejimida kuzatib boriladi;
– qurilish ob’ektlarida nazorat jarayonlari avtomatlashtiriladi hamda raqamlashtiriladi;
– barcha zaruriy jadvallar va ma’lumotlar avtomatik tarzda shakllantiriladi;
– yagona ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi va idoralararo ma’lumot almashuvi ta’minlanadi;
– qurilish sohasida ishbilarmonlik muhitni shakllantirish, to‘sqinlik qilayotgan tizimli muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, qurilish sohasida korrupsiya va byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, qurilish jarayonlarining barcha bosqichida jamoatchilik uchun shaffoflik ta’minlanadi.

Qurilish vazirligining 2019 yil 16 oktabrdagi 7856/09-07–sonli xati bilan Adliya vazirligiga shaharsozlikni tartibga soluvchi 21 ta normativ-texnik hujjatlar (SHNK) korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish uchun kiritilib, 2019 yil 27 noyabrda 6-15/4-6/17039-sonli xat bilan 21ta SHNKga xulosa olindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 13 martdagi PF-5963-sonli Farmoniga binoan, Qurilish vazirligi qoshida “Qurilishda texnik me’yorlash Markazi” tashkil etildi va ushbu Markazga barcha normativ hujjatlarni qayta ishlash, xorijiy davlatlar standartlari bilan milliy normalarni uyg‘unlashtirish vazifasi yuklatildi. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2020 yil 14 maydagi 138-sonli buyrug‘i bilan 2020-2023 yillarda shaharsozlik faoliyati sohasida texnik jihatdan tartibga solishga doir milliy normativ hujjatlarni ishlab chiqish va qayta ko‘rib chiqish dasturi tasdiqlandi.
Sohada korrupsiyani oldini olishda kadrlar masalasi o‘ta muhimligini inobatga olib, bo‘sh ish o‘rinlariga nomzodlarni ishga qabul qilishda shaffoflikni ta’minlash maqsadida, qadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilish, suhbat jarayonlarini onlayn rejimda kuzatib borish amaliyotini yo‘lga qo‘yildi.
Ma’lumki, korrupsiyani oldini olishda eng ta’sirchan mexanizmlardan biri bu sohani raqamlashtirish orqali inson omilini cheklashdir. Shundan kelib chiqqan holda qurilish sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bugungi kundagi islohotlarimizning eng muhim yo‘nalishiga aylangan.
Shuningdek, hozirda kapital qurilish sohasiga oid 20 ga yaqin normativ-huquqiy hamda 400 ga yaqin shaharsozlik normalari va qoidalarini (SHNK) inventarizatsiya qilish va ularda korrupsiyaga oid holatlarni keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash maqsadida tegishli tartibda ekspertizadan o‘tkazilmoqda.

Qurilish sohasida korrupsiyaga oid holatlar yuzasidan xabar berish bo'yicha elektron pochta manzillari komplayens@.mc.uz va navqurilish@nv.uz

Ishonch telefoni: +998 71 210-11-04
Ichki raqam: 1063

NAVOIY VILOYATI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI BOSH BOSHQARMASI

Navoiy viloyati Navoiy shahri Zarapetyan ko'chasi 10-uy
Matbuot xizmati: 79 220-50-12
ish kunlari: Dushanba-Juma
Ish vaqti: 9:00-18:00
Tushlik: 13:00-14:00
Copyright © 2021 • Softex • All rights reserved.