Rahbariyat

Niyozov Akbar Ishpulatovich

Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi bosh boshqarmasi boshligʼi
Qabul kunlari: DUSHANBA,CHORSHANBA
SOAT: 10:00-12:00

Biografiya:
1975 yilda Navoiy viloyati, Xatirchi tumanida tugʼilgan.
Maʼlumoti – oliy.
Millati – oʼzbek. 

 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga,O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda  O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining buyruqlari, qarorlari va farmoyishlariga shuningdek viloyat hokimining buyruqlari, qarorlari va farmoyishlariga   amal qiladi;

         Navoiy viloyati Qurilish bosh boshqarmasining butun faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi;

         aholi punktlarining bosh rejalariga rioya etilishi ustidan monitoring va davlat arxitektura nazoratini amalga oshirish;

o‘z vakolatlari doirasida aholi punktlarining bosh rejalarini va boshqa shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishda va tasdiqlashni tashkil qilishda ishtirok etish;

         shaharsozlik faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha takliflarni tayyorlash, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tarmoq va hududiy dasturlarini tayyorlashda ishtirok etish;

         tegishli hududlarda shaharsozlik faoliyati obyektlarini joylashtirish va muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha takliflar kiritish;

yuqori samarali va energiyani tejaydigan loyiha yechimlari va qurilish materiallarini, zamonaviy qurilish texnologiyalari va innovatsiya loyihalarini tatbiq etishda ko‘maklashish;

       shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar va mutaxassislarning malakasini doimiy ravishda oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil qilishda ishtirok etish;

        tegishlicha shaharlar va tumanlar hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati hududiy organlari rahbarlari boshqaradigan kompleks
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sektorlari (keyingi o‘rinlarda kompleks
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sektorlari deb ataladi) bilan hamkorlik qilish;

        shaharsozlik faoliyati sohasida xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, mintaqadagi qurilish tashkilotlarini yuqori malakali quruvchilar, loyihachilar va boshqa mutaxassislar bilan ta’minlashni tashkil qilishda ishtirok etish.

  1. b) uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasidagi vazifalari:

Vazirlikning uy-joy kommunal xo’jaligi sohasidagi yagona davlat siyosatini hudud miqiyosida tatbiq etish va tarmoqlararo muvofiqlashtirishni amalga oshirish;

ko‘p kvartirali uylarni boshqaruv organlari faoliyatini muvofiqlashtirish va ko‘p kvartirali uylarni texnik holatini monitoring qilish;

       ko‘p xonadonli uy-joy fondini mukammal va joriy ta’mirlash ishlarini tashkil etish;

ko‘p kvartirali uy-joy fondini saqlash, ulardan foydalanish va umumiy mulkni saqlashga qaratilgan majburiy badallar miqdorini aniqlash yuzasidan boshqaruv organlariga uslubiy ko‘maklashish;

       ichimlik suv va oqova suv obyektlarini, issiqlik ta’minoti tizimlarini aholi punktlarining bosh rejalari hamda boshqa shaharsozlik hujjatlari bilan bog‘lagan holda modernizatsiya va rekonstruksiya qilish dasturlarini amalga oshirilishini monitoring qilish;

      issiqlik ta’minoti tizimida, jumladan qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanib, energiya va resursni tejaydigan yangi texnologiya va uskunalarni joriy qilish bo‘yicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish;

       markaziy kozonxonalarni, issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish borasida respublika issiqlik ta’minotini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish;

rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini inobatga olgan holda uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;

       ichimlik suv, oqova suv, issiqlik ta’minoti bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlarga tarif siyosatini shakllantirish uchun hamda uy-joy kommunal xo’jaligi sohasi tashkilotlarining iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

       qonun hujjatlariga muvofiq yuqori tashkilotlar nomenklaturasiga olingan lavozimlarga malakali xodimlar tanlash va belgilangan tartibda taqdim qilish;

        uy-joy kommunal xo’jaligi sohasining hududdagi tashkilotlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakalarini oshirish bo‘yicha ehtiyojni o‘rganish, shu yuzasidan takliflar kiritish;

       uy-joy kommunal xo’jaligi sohasining hududiy tashkilotlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishga jalb qilish;

       boshqarma va uning tashkiliy tuzilmasidagi korxona va tashkilotlarda axborot kommunikatsiya texnologiyalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish va barqarorligini ta’minlash;

boshqarma va uning tashkiliy tuzilmasidagi korxona va tashkilotlarda balans va moliyaviy hisobotlarni qabul qilish, tahlil qilish hamda Vazirlikka taqdim qilish.

        Bosh boshqarmaga yuklangan asosiy vazifalariga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

  1. a) shaharsozlik faoliyati sohasidagi funksiyalari:

        kelishilgan loyiha hujjatlarining fasad, kichik arxitektura shakllari hamda boshqa arxitekturaviy yechimlaridan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan chekinish sodir etilganda mazkur holatlarga nisbatan chora ko‘rish uchun to‘plangan materiallarni Bosh rejalarga rioya etilishi ustidan davlat arxitektura nazorati bo‘limiga, mahalliy hokimiyat organlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etib boradi;

        qonun hujjatlarida belgilangan holatlarda va tartibda qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish komissiyalari ishida ishtirok etadi;

        viloyat hududini rejalashtirish sxemalarini, tumanlarni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalarini, umumdavlat va mahalliy ahamiyatga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining shaharsozlik hujjatlari, aholi punktlarining bosh rejalari, batafsil rejalashtirish loyihalarini hamda boshqa shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilishi, kelishilishi va tasdiqlanishida ishtirok etadi;

        maqsadli dasturlarga kiritilgan qurilish obyektlarining loyiha topshiriqlarini kelishadi; 

        obyektlarning joylashuvi bo‘yicha qurilish chizig‘ini belgilaydi; 

         umumdavlat va mahalliy ahamiyatga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlari uchun chegaralar belgilash haqida takliflar kiritadi;

        bosh rejalar mavjud bo‘lmagan hududlarda hamda bosh reja ishlab chiqilayotgan davrda, shuningdek, batafsil rejalashtirish loyihalarida nazarda tutilmagan obyektlar joylashtirilishini shaharsozlik kengashlarida ko‘rib chiqadi va kelishadi;

         tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida shaharsozlik faoliyati obyektlari, bino-inshootlar, muhandislik va transport infratuzilmasi obyektlari qurilishi yoki rekonstruksiyasi, shuningdek, hududlarni obodonlashtirishni loyihalashtirish uchun arxitektura-rejalashtirish topshiriqlarini ishlab chiqadi;

        shaharsozlik hujjatlarining amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib boradi;

davlat shaharsozlik kadastri yuritilishida ishtirok etadi;

         loyiha hujjatlarining arxitektura qismini saqlashga doir elektron arxivni yuritadi;

shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar tayyorlashda qatnashadi;

          o‘z vakolatidagi masalalar bo‘yicha hududiy maqsadli dasturlar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlarining shaharsozlik bo‘limlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashadi;

          aholini shaharsozlik faoliyati to‘g‘risida muntazam ravishda xabardor qilib boradi;

texnik jihatdan tartibga solishga oid normativlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;

         shaharsozlik faoliyati, investitsiya jarayonini boshqarish, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, pudrat ishlari va qurilish materiallari bozorini takomillashtirish, yangi texnika va qurilish-montaj ishlariga zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash masalalari bo‘yicha xorijiy mamlakatlar va tashkilotlar bilan xalqaro ilmiy-texnik va iqtisodiy hamkorlikni amalga oshirishda tegishli hududdagi korxona va tashkilotlarga amaliy yordam ko‘rsatadi, xorijiy hamkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatishda ko‘maklashadi;

        tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida hududlardagi yerlardan samarali foydalanish, shuningdek, tegishli hududda muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha takliflar kiritadi;

       shaharsozlik faoliyati obyektlarini joylashtirish hamda shahar, shaharcha va qishloq (ovul)ning chegaralarini belgilash to‘g‘risida takliflar kiritadi;

        yuqori samarali va energiyani tejaydigan loyiha yechimlari, qurilish materiallarini, zamonaviy qurilish texnologiyalari va innovatsion loyihalarni amaliyotga tatbiq etishda ishtirok etadi;

        tegishli hududdagi shaharsozlik faoliyati obyektlari bo‘yicha loyihalashtirish ishlarini va kompleks muhandislik qidiruvlarini, shuningdek, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilarning mualliflik nazoratini muvofiqlashtirib boradi;

        bosh boshqarma huzuridagi “Arxitektura-shaharsozlik kengashi” faoliyatini tashkil etadi;

        binolar, inshootlar va boshqa obyektlarning loyihalari tasdiqlanishiga rozilik beradi yoki asoslantirgan holda rad etadi;

        shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar va obyektlar qurilishi bo‘yicha pudratchilarning reyting baholarini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar tizimini joriy etishda ishtirok etadi;

kapital qurilishda islohotlarni chuqurlashtirish, shuningdek, pudrat ishlari bozorini rivojlantirish bo‘yicha takliflarni Vazirlikka kiritadi;

        qurilish industriyasi korxonalari va investitsiya faoliyatining boshqa qatnashchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasi, shuningdek, qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning axborot bazasini shakllantirishda ishtirok etadi;

         sohaga kirib kelayotgan zamonaviy texnika va texnologiyalarni inobatga olgan holda qisqa muddatli malaka oshirish kurslarining dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishda ishtirok etadi;

          sohaga oid faoliyat yuritayotgan mutaxassislar malakasini oshirish va sertifikatlash choralarini ko‘rish yuzasidan takliflar kiritadi;

         nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida hududlarda amalga oshirilayotgan qurilish obyektlarida ko‘chma darslar tashkil etishda ko‘maklashadi;

         soha mutaxassislarining ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tash bazasi sifatida ularni loyiha va pudrat tashkilotlariga joylashtirishga ko‘maklashadi;

         arxitektura va qurilish rivojlanishi holati monitoringini olib boradi, mintaqada kelajakda ularni yanada rivojlantirish bo‘yicha prognozlarni shakllantiradi;

          vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar hududiy bo‘linmalarining arxitektura va qurilish sohasidagi ishlarini muvofiqlashtiradi;

          belgilangan tartibda tasdiqlangan arxitektura va qurilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini ta’minlaydi;

         arxitektura va qurilish sohasida o‘zini ko‘rsatgan xodimlarni, shuningdek, arxitektura va qurilishni rivojlantirishga ko‘maklashgan boshqa shaxslarni idoraviy ko‘krak nishonlari bilan mukofotlash haqida taklif tayyorlaydi va belgilangan tartibda taqdim etadi;

  1. b) uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasidagi funksiyalari:

          jismoniy va yuridik shaxslarning uy-joy kommunal xizmatlarga bo‘lgan talabini o‘rganadi va o‘rnatilgan tartibda Vazirlikka taqdim qiladi;

          iste’molchilarga uy-joy kommunal xizmatlar ko‘rsatish sifat darajasini oshirish va energiya tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish yuzasidan takliflar kiritadi;

           ko‘p xonadonli uy-joy fondi, ichimlik suv, oqova suv, issiqlik ta’minoti sohasida qurilish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga doir dasturlar, shuningdek, hududning kommunal infratuzilmasini yanada rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;

         uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimiga rahbarlik qiladi, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish obyektlaridan foydalanadigan tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;

         ko‘p xonadonli uy-joy fondi, issiqlik ta’minoti, ichimlik suv va oqova suv tizimlarining texnik-iqtisodiy holati ko‘rsatkichlarini o‘rganadi va monitoring qiladi;

        uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, ularning turlarini kengaytirish, ishlab chiqarishning moddiy va energiya iste’molini kamaytirish choralarini ko‘radi va bu sohani takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

         mahalliy ijro hokimiyati organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan uy-joy mulkdorlari shirkatlarining ko‘p xonadonli uylarning saqlanishini ta’minlash, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish obyektlarining barqaror ishlashi masalalari yuzasidan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yadi;

          hudud aholisini uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlarining faoliyati to‘g‘risida muntazam xabardor qiladi, jismoniy shaxslar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslarning Boshqarma vakolatiga kiritilgan masalalarga taalluqli murojaatlarini (takliflari, arizalari va shikoyatlarini) qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi va zarur choralar ko‘radi:

        ko‘p xonadonli uy-joy fondini ta’mirlash, obodonlashtirish va undan foydalanish ko‘p xonadonli uylarni boshqarish va boshqaruvni amalga oshiradigan tashkilotlarni nazorat qilish tizimining faoliyat ko‘rsatishi, uy-joy munosabatlari ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari to‘g‘risida aholini axborot bilan ta’minlaydi;

        aholi punktlarida joylashgan ko‘p xonadonli uylarni rekonstruksiya qilish, ulardan foydalanish, saqlash va ta’mirlash, ularning texnik va foydalanish holatini yaxshilash masalasida davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;

        ko‘p xonadonli uy-joy fondining turar joylarini yashash uchun yaroqsiz deb tan olish tadbirlarini belgilangan tartibda amalga oshirishda ishtirok etadi;

        ko‘p xonadonli uy-joy fondining avariya holati monitoringini olib boradi;

        ko‘p xonadonli uy-joy fondini kuz-qish mavsumida barqaror ishlashga tayyorlash borasida ishlarni tashkil qiladi va mahalliy ijro hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;

         suv ta’minoti va oqova suv tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilishda aholining, ayniqsa, qishloq joylarida toza ichimlik suvdan foydalanishini yaxshilashga doir kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

          ichimlik suv va oqova suv korxonasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy uskunalar, mashina va mexanizmlar,
ta’mirlash-foydalanish va o‘lchash priborlari bilan jihozlashga doir kompleks
chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;

         ichimlik suvni ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar samaradorligini oshirish, belgilangan talablarga muvofiq uning sifatini ta’minlash, ishlab chiqarish jarayoniga energiya va suvni tejaydigan texnologiya hamda uskunalarni joriy qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi va mazkur faoliyatni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;

         ichimlik suv va oqova suv tizimlarini, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida boshqarishning bozor tamoyillariga mos mexanizmlari joriy etilishini ta’minlaydi;

       ichimlik suv va oqova suv obyektlarini o‘z vaqtida foydalanishga qabul qilish choralarini ko‘radi;

       suv quvurlari va oqova suv inshootlarida energiya va resursni tejaydigan yangi texnologiya hamda uskunalarni joriy qilishga oid tavsiyalar ishlab chiqishda ishtirok etadi;

       markazlashtirilgan suv ta’minoti va oqova suv obyektlarini har bir aholi punkti bo‘yicha pasportlashtiradi hamda pasportlashtirish natijalari asosida muntazam yangilanadigan elektron ma’lumotlar bazasini shakllantiradi;

       markazlashtirilgan ichimlik suv ta’minoti tarmog‘iga ulangan barcha toifadagi iste’molchilar uchun zamonaviy hisobga olish priborlarini
bosqichma-bosqich o‘rnatish bo‘yicha tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlaydi;

       ichimlik suv va oqova suv tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilishga doir ajratiladigan mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanishda ishtirok etadi;

       issiqlik ta’minoti tizimida, jumladan qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanib, energiya va resursni tejaydigan yangi texnologiya va uskunalarni joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

        obyektlarda energiya samaradorligini ta’minlaydigan mahalliy qozonxonalar qurish, shuningdek, xonadonlar ichida alohida issiqlik ta’minoti tizimlarini o‘rnatish orqali markazlashtirilmagan issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish choralarini ko‘radi;

         jismonan va ma’nan eskirgan, samaradorligi past qozonxona agregatlari, nasos uskunalari, ishdan chiqqan magistral va taqsimlash issiqlik tarmoqlari modernizatsiya, rekonstruksiya qilinishi hamda ularni almashtirilishida qatnashadi;

         energiya resurslarini ishlab chiqarish va iste’mol qilishni normativ hisobga olishni yo‘lga qo‘yish, abonentlarni issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun kelib tushadigan mablag‘lar va to‘lovlarni avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimi joriy qilinishini tashkil etadi;

         uy-joy kommunal xo’jaligi sohasi uchun xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ehtiyojni o‘rganadi, uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasi uchun xodimlar tayyorlashni, xorijiy mamlakatlarda tajriba orttirish uchun nomzodlarni jalb qilish ishlarini tashkil qiladi;

        tegishli davlat boshqaruvi organlari bilan hamkorlikda boshqarma va uning tashkiliy tuzilmasidagi korxona va tashkilotlarda korrupsiyani oldini olishga qaratilgan ishlarni tashkillashtiradi.

         Bosh boshqarma faoliyatiga to‘liq tarzda rahbarlik qilgan holda bosh boshqarmaga yuklangan vazifalar va funsiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

        tegishli organlarda, bosh boshqarma nomidan vakillik qiladi;

        Bosh boshqarmaga qarashli bo‘limlarning ustavlari (Nizom)larini, amaldagi normativ — huquqiy hujjatlar talablar doirasida tasdiqlaydi;

        Bosh boshqarma xodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;

        shaxsiy tarkib bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish ( taʼtil turlari, moddiy rag‘batlantirish) buyruqlarini imzolaydi;

        asosiy faoliyatga oid buyruqlar (Qurilish vazirligi tomonidan yuborilgan buyruqlarni hamda va Navoiy viloyat hokimining qaror va farmoyishlari ijrosiga oid);

         Bosh boshqarma xodimlarini xizmat safariga, malaka oshirishga yuborish bo‘yicha buyruqlarni imzolaydi;

        Bosh boshqarmaning bo‘lim boshliqlari, bosh hisobchisi, kadrlar bo‘limi hamda tuman, shahar bosh arxitektorlari faoliyatiga rahbarlik qiladi;

        Bosh boshqarma xodimlarini o‘z vakolati doirasida rag‘batlantiradi va  qonunda belgilangan tartibda intizomiy jazo choralarini qo‘llaydi;

       qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Ozod Shodiyev Arziqulovich

Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi bosh boshqarmasi boshligʼi oʼrinbosari- viloyat bosh arxitektori.
Qabul kunlari: SESHANBA,PAYSHANBA

SOAT: 10:00-12:00

 

 Biografiya:
1981 yilda Navoiy viloyati, Navbahor tumanida tugʼilgan.
Maʼlumoti – oliy.
Millati – oʼzbek. 
 
 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga,O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda  O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining buyruqlari, qarorlari va farmoyishlariga shuningdek viloyat hokimining buyruqlari, qarorlari va farmoyishlariga, Bosh boshqarma boshlig‘ining buyruqlari va topshiriqlariga amal qiladi;

        Bosh boshqarma tarkibidagi “Arxitektura va rejalashtirish topshiriqlarini ishlab chiqish bo‘limi” faoliyatini muvofiqlashtiradi va rahbarlik qiladi;

       Tuman, shahar qurilish bo‘limlari boshliqlari — tuman bosh  arxitektorlari ish faoliyatini muvofiqlashtiradi;

       viloyat hududini rejalashtirish sxemalarini, tumanlarni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalarini, umumdavlat va mahalliy ahamiyatga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining shaharsozlik hujjatlari, aholi punktlarining bosh rejalari, batafsil rejalashtirish loyihalarini hamda boshqa shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilishi, kelishilishi va tasdiqlanishini tashkil etadi;    

          Bosh rejalarda va batafsil rejalashtirish loyihalarida nazarda tutilmagan obyektlar joylashtirilishini shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqaruvchilar (mualliflar) bilan kelishadi;

        tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida shaharsozlik faoliyati obyektlari, bino-inshootlar, muhandislik va transport infratuzilmasi obyektlari qurilishini yoki rekonstruksiyasini, shuningdek, hududlarni obodonlashtirishni loyihalashtirish uchun arxitektura-rejalashtirish topshiriqlarini (ART-1 va ART-2) ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va quruvchi — shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachilarga taqdim etadi.

         shaharsozlik hujjatlarining amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib boradi;

        shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar tayyorlashda qatnashadi;

        hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tarmoq va hududiy dasturlarini ishlab chiqishda qatnashadi;

       o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha hududiy maqsadli dasturlar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlarining shaharsozlik bo‘limlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashadi;

        tegishli hududni rivojlantirish bo‘yicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;

        mahalliy davlat hokimiyati organlariga shaharsozlik faoliyati obyektlarini joylashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;

        tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida hududlardagi yerlardan samarali foydalanish, shuningdek, tegishli hududda muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritadi;

        madaniy meros obyektlarining muhofaza hududlarini aniqlash chora-tadbirlarini belgilaydi;

        mahalliy davlat hokimiyati organlariga shahar, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarining chegaralarini belgilash to‘g‘risida takliflar kiritadi;

        yuqori samarali va energiyani tejaydigan loyiha yechimlari, qurilish materiallarini, zamonaviy qurilish texnologiyalari va innovatsion loyihalarni amaliyotga tadbiq etishda ishtirok etadi;

        tegishli hududdagi shaharsozlik faoliyati obyektlari bo‘yicha loyihalashtirish ishlarini va kompleks muhandislik qidiruvlarini, shuningdek, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilarning mualliflik nazoratini muvofiqlashtirib boradi;

        binolar, inshootlar va boshqa obyektlarning loyihalari tasdiqlanishiga rozilik beradi;

          shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchi mutaxassislarning malakasini muntazam oshiradi va ularni qayta tayyorlashni tashkil etadi;

        viloyatda arxitektura va qurilishni rivojlantirish bo‘yicha maqsadli dasturlar, arxitektura va qurilish sohasiga oid dasturiy-metodik hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;

        viloyatda iqtidorli va kelajagi porloq arxitektorlar va loyihachilarni tanlash, tayyorlash va ularning malakasini oshirishning uzluksiz tizimini amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni tashkil qiladi;

        viloyatda arxitektura va qurilish sohasidagi kadrlar malakasini oshirish, qayta tayyorlash, ularni stajirovka va attestatsiyadan o‘tkazishni taʼminlaydi;

        O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20 04 2018-yildagi “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3677-sonli qaroriga asosan “YER ELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimida ishlash uchun va  tuman (shahar) qurilish bo‘limlari tomonidan bajarilishi hamda yer uchastkalarini berish bo‘yicha materiallarni belgilangan muddatlarda kelishib borilishi yuzasidan nazorat qiladi;

       O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar  Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 71-sonli qarori ijrosi yuzasidan ish olib borilishini nazorat qiladi;

       viloyat Qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi Shaharsozlik Kengashiga raislik qiladi hamda kengashga kelib tushgan shaharsozlik hujjatlarini ko‘rib chiqadi;

       investitsiya dasturiga kiritilgan obyektlar bo‘yicha monitoring yuritadi, ularga o‘z vaqtida yer ajratilishi, ART-1, ART-2 hujjatlarini tayyorlanishi va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqilishini nazorat qiladi;

       tuman (shahar) markazlari va shahar tipidagi APOT loyihalarini yuritilishi ustidan nazorat qiladi;

       Bosh boshqarma hamda tuman (shahar) qurilish bo‘limlarida “Ijro intizomi” yuzasidan nazorat qilib boradi;         

       bosh boshqarma boshlig‘ining barcha (qonunga zid bo‘lmagan) topshiriqlarini bajaradi;

      qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 

SAFAROV MUYASSARBEK IBRAGIMOVICH

Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi bosh boshqarmasi boshligʼi oʼrinbosari
Qabul kunlari: DUSHANBA,JUMA

SOAT: 10:00-12:00
 Biografiya:
1990 yilda Navoiy viloyati, Karmana tumanida tugʼilgan.
Maʼlumoti – oliy.
Millati – oʼzbek. 

jismoniy va yuridik shaxslarning uy-joy kommunal xizmatlarga bo‘lgan talabini o‘rganadi va o‘rnatilgan tartibda Vazirlikka taqdim qiladi;

          iste’molchilarga uy-joy kommunal xizmatlar ko‘rsatish sifat darajasini oshirish va energiya tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish yuzasidan takliflar kiritadi;

           ko‘p xonadonli uy-joy fondi, ichimlik suv, oqova suv, issiqlik ta’minoti sohasida qurilish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga doir dasturlar, shuningdek, hududning kommunal infratuzilmasini yanada rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;

         uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimiga rahbarlik qiladi, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish obyektlaridan foydalanadigan tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;

         ko‘p xonadonli uy-joy fondi, issiqlik ta’minoti, ichimlik suv va oqova suv tizimlarining texnik-iqtisodiy holati ko‘rsatkichlarini o‘rganadi va monitoring qiladi;

        uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, ularning turlarini kengaytirish, ishlab chiqarishning moddiy va energiya iste’molini kamaytirish choralarini ko‘radi va bu sohani takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

         mahalliy ijro hokimiyati organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan uy-joy mulkdorlari shirkatlarining ko‘p xonadonli uylarning saqlanishini ta’minlash, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish obyektlarining barqaror ishlashi masalalari yuzasidan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yadi;

          hudud aholisini uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlarining faoliyati to‘g‘risida muntazam xabardor qiladi, jismoniy shaxslar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslarning Boshqarma vakolatiga kiritilgan masalalarga taalluqli murojaatlarini (takliflari, arizalari va shikoyatlarini) qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi va zarur choralar ko‘radi:

        ko‘p xonadonli uy-joy fondini ta’mirlash, obodonlashtirish va undan foydalanish ko‘p xonadonli uylarni boshqarish va boshqaruvni amalga oshiradigan tashkilotlarni nazorat qilish tizimining faoliyat ko‘rsatishi, uy-joy munosabatlari ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari to‘g‘risida aholini axborot bilan ta’minlaydi;

        aholi punktlarida joylashgan ko‘p xonadonli uylarni rekonstruksiya qilish, ulardan foydalanish, saqlash va ta’mirlash, ularning texnik va foydalanish holatini yaxshilash masalasida davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;

        ko‘p xonadonli uy-joy fondining turar joylarini yashash uchun yaroqsiz deb tan olish tadbirlarini belgilangan tartibda amalga oshirishda ishtirok etadi;

        ko‘p xonadonli uy-joy fondining avariya holati monitoringini olib boradi;

        ko‘p xonadonli uy-joy fondini kuz-qish mavsumida barqaror ishlashga tayyorlash borasida ishlarni tashkil qiladi va mahalliy ijro hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;

         suv ta’minoti va oqova suv tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilishda aholining, ayniqsa, qishloq joylarida toza ichimlik suvdan foydalanishini yaxshilashga doir kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

          ichimlik suv va oqova suv korxonasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy uskunalar, mashina va mexanizmlar,
ta’mirlash-foydalanish va o‘lchash priborlari bilan jihozlashga doir kompleks
chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;

         ichimlik suvni ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar samaradorligini oshirish, belgilangan talablarga muvofiq uning sifatini ta’minlash, ishlab chiqarish jarayoniga energiya va suvni tejaydigan texnologiya hamda uskunalarni joriy qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi va mazkur faoliyatni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;

         ichimlik suv va oqova suv tizimlarini, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida boshqarishning bozor tamoyillariga mos mexanizmlari joriy etilishini ta’minlaydi;

       ichimlik suv va oqova suv obyektlarini o‘z vaqtida foydalanishga qabul qilish choralarini ko‘radi;

       suv quvurlari va oqova suv inshootlarida energiya va resursni tejaydigan yangi texnologiya hamda uskunalarni joriy qilishga oid tavsiyalar ishlab chiqishda ishtirok etadi;

       markazlashtirilgan suv ta’minoti va oqova suv obyektlarini har bir aholi punkti bo‘yicha pasportlashtiradi hamda pasportlashtirish natijalari asosida muntazam yangilanadigan elektron ma’lumotlar bazasini shakllantiradi;

       markazlashtirilgan ichimlik suv ta’minoti tarmog‘iga ulangan barcha toifadagi iste’molchilar uchun zamonaviy hisobga olish priborlarini
bosqichma-bosqich o‘rnatish bo‘yicha tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlaydi;

       ichimlik suv va oqova suv tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilishga doir ajratiladigan mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanishda ishtirok etadi;

       issiqlik ta’minoti tizimida, jumladan qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanib, energiya va resursni tejaydigan yangi texnologiya va uskunalarni joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

        obyektlarda energiya samaradorligini ta’minlaydigan mahalliy qozonxonalar qurish, shuningdek, xonadonlar ichida alohida issiqlik ta’minoti tizimlarini o‘rnatish orqali markazlashtirilmagan issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish choralarini ko‘radi;

         jismonan va ma’nan eskirgan, samaradorligi past qozonxona agregatlari, nasos uskunalari, ishdan chiqqan magistral va taqsimlash issiqlik tarmoqlari modernizatsiya, rekonstruksiya qilinishi hamda ularni almashtirilishida qatnashadi;

         energiya resurslarini ishlab chiqarish va iste’mol qilishni normativ hisobga olishni yo‘lga qo‘yish, abonentlarni issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun kelib tushadigan mablag‘lar va to‘lovlarni avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimi joriy qilinishini tashkil etadi;

         uy-joy kommunal xo’jaligi sohasi uchun xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ehtiyojni o‘rganadi, uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasi uchun xodimlar tayyorlashni, xorijiy mamlakatlarda tajriba orttirish uchun nomzodlarni jalb qilish ishlarini tashkil qiladi;

NAVOIY VILOYATI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI BOSH BOSHQARMASI

Navoiy viloyati Navoiy shahri Zarapetyan ko'chasi 10-uy
Matbuot xizmati: 79 220-50-12
ish kunlari: Dushanba-Juma
Ish vaqti: 9:00-18:00
Tushlik: 13:00-14:00
Copyright © 2021 • Softex • All rights reserved.