Hisobotlar
AHOLINI YASHASH SHAROITINI YAXSHILASH, AVVALOMBOR YOSH OILALARNI VA UYGA MUHTOJ FUQAROLARNI, SHU JUMLADAN, “OBOD QISHLOQ” VA “OBOD MAHALLA” DASTURI DOIRASIDA UY-JOYLAR BILAN TAʼMINLASH
QISHLOQLARDA ARZON NAʼMUNAVIY UY-JOYLAR QURILISHI
«Qishloqqurilishinvest» IK
Avvalgi yillarda yaʼni 2009-2016 yillar davomida Respublika boʻyicha 65 708 ta uy-joylarning qurilish-montaj ishlari yakunlanib foydalanishga topshirildi.
2017-yil boʻyicha
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi “2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi toʻgʻrisida”gi 2639-sonli qaroriga asosan Respublikamizda 2017 yilda 14 587 ta foydalanishga topshirilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2693-sonli qaroriga asosan 2017 yilda:
Mahalliy xokimliklar va xududiy idoralar rahbarlari uchun 879 ta xizmat uylari foydalanishga topshirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2858-sonli qaroriga asosan 2017 yilda:
Harbiy xizmatchilar uchun 361 ta xizmat uylari foydalanishga topshirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2906-sonli qaroriga asosan 2017 yilda:
Republikada Proflaktika inspektorlari 816 ta uy-joylar qurilib foydalanishga topshirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkmasining 2017 yil 4 sentyabrdagi 995-f-sonli farmoyishiga muvofiq Respublika boʻyicha jami 7 406 ta uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan. Shundan bugungi kunda 5 465 tasi foydalanishga topshirilgan.
2018 yil boʻyicha:
2018 yilda naʼmunaviy loyihalar asosida jami 28583 ta uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan.
Bunda, 26 290 ta arzon uy-joylardir. Shundan, 2-3 xonali koʻp qavatli 389 ta 7364 xonadonli uylar, 2,3,4-xonali 142 ta 4260 xonadonli uylardir. Shuningdek, 2 sotixli bir qavatli 3 xonali 12 642 ta, 4 sotixli 2 qavatli 4 xonali 2024 ta, xizmat uylari 2145 tani tashkil etadi.
2018 yil 18-yanvarda 3480-sonli Qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 yanvardagi 56-f-sonli farmoyishiga muvofiq, Respublikada jami 22 145 ta uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan boʻlib, bugungi kunda 21 550 ta uy-joylarda qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.
Aholini uy joylar bilan taʼminlashda Osiyo taraqqiyot banki, Saudiya rivojlanish jamgʻarmasi, Islom taraqqiyot banki investitsiya mablagʻlari jalb etildi.
SHAHARLARDA ARZON UY-JOYLAR QURILISHI
«Shaxarqurilishinvest» IK
2016 yil 22 noyabrdagi “2017-2020 yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruktsiya qilish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2660-sonli Qarorga koʻra, 2017 yil dasturiga asosan, Respublika shaharlarida xar tomonlama qulay, energotejamkor jami 191 ta 7919 xonadonli arzonlashtirilgan koʻp kvartirali uy-joylar qurilib foydalanishga topshirildi.
Ushbu uylarni qurish va rekonstruktsiya qilish boʻyicha Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish “ToshkentboshplanLITI” DUK, “ToshuyjoyLITI” AJ, “Toshgiprogor” AJ va “ShaharsozlikLITI” AJ tomonidan amalga oshirilmoqda.
“Oʻzshahar qurilish invest” IK ga 998,16 mlrd.soʻmga kredit liniyalari ochilgan va 871,04 mlrd.soʻm mablagʻlar oʻzlashtirilgan, shundan pudrad tashkilotlariga 858,66 mlrd. soʻm mablagʻ toʻlab berilgan.
2018 YIL INVESTITSIYA DASTURI BOʻYICHA:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi “2018 yil investitsiya va infratuzilma loyihalari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-3507-son qaroriga asosan, tasdiqlangan manzilli dasturlarga muvofiq, 2018 yilda markazlashtirilgan va unga tenglashtirilgan mablagʻlar hisobiga 1133 ta ijtimoiy soha obʼektlarining qurilishi, rekonstruktsiya va kapital taʼmirlanishi koʻzda tutilgan boʻlib, jumladan 17 tasi avvalgi yillardan oʻtuvchi va 1116 tasi yangidan boshlanuvchidir.
Investitsiya dasturiga kiritilgan 1133 ta obʼektlardan, 14 tasi akademik litsey va kasb-hunar obʼektlari, 357 tasi umumtaʼlim maktablari, 341 tasi sogʻliqni saqlash, 370 tasi maktabgacha taʼlim muassasalari, 6 tasi musiqa va sanʼat maktablari, 37 tasi oliy taʼlim muassasalari va 8 tasi ilmiy taʼlim muassasalari obʼektlaridir.
2018 yilgi dastur ijrosi boʻyicha:
23.10.2017 yildagi PQ-3350-sonli Qaroriga muvofiq, 2018 yilda Respublika boʻyicha jami 13 917 xonadonli 335 ta uy-joylar qurilishi belgilangan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashriflari davomida bergan topshiriqlariga asosan qoʻshimcha qurilishi belgilangan 90 ta uylar hisobiga jami 17 583 xonadonli 425 ta koʻp qavatli uylarni tashkil etmoqda.
Ushbu uy-joylar qurilishi uchun “Oʻzshahar qurilish invest” IKga
3 045,03 mlrd.soʻmga kredit liniyalari ochilib, 2 266,5 mlrd.soʻm mablagʻlar oʻzlashtirilgan, shundan 1 450,5 mlrd.soʻm mablagʻlar pudrad tashkilotlariga toʻlab berildi.
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, ushbu uylarni qurish uchun
390,0 ming tonna tsement, 56,3 ming tonna metall sarflanadi. Shundan 357,1 ming tonna tsement va 54,1 ming tonna metall pudrat tashkilotlariga yetkazib berildi.
Shuningdek qurilish ishlari uchun 26 mingdan ortiq quruvchilar hamda 1200 ga yaqin mahsus texnikalar jalb etilgan.
335 ta koʻp qavatli uylardan Mustaqillik bayrami kunlarida Nukus va Urgenchda 10 tadan 5 qavatli, Andijon, Fargʻona va Namanganda har birida 14 tadan 7 qavatli, Buxoroda 10 ta 7 qavatli, Jizzaxda 15 ta 7 qavatli, Samarqanda 16 ta 5 va 7 qavatli, Qarshida 14 ta 5 qavatli, Navoiyda 8 ta 7 qavatli, Sirdaryo va Termezda 10 tadan 5 va 7 qavatli, Toshkent viloyatida 40 ta 7 va 9 qavatli hamda Toshkent shahrida 150 ta 5, 7 va 9 qavatli uylar qurilib, jami 13 818 ta xonadon uy joy bilan taʼminlandi.
2019 yilgi dastur ijrosi boʻyicha:
PQ-3350-son qarorning 2019 yilgi Dasturida respublika boʻyicha qurilishi belgilangan 355 ta koʻp kvartirali uy-joylarni moliyalashtirish boʻyicha kredit liniya ochilishi va dastlabki – yer ajratish qarori chiqarilgan, toposyomka ishlari bajarilgan, uy-joylarning bosh rejasi ishlangan va geologiya xulosasi olingan, 6 ta uy-joylarni loyihani joyiga bogʻlash ishlari bajarishga loyiha tashkilotiga buyurtma xati berilgan, arxitektura rejalashtirish topshiriqlari bajarilgan.
“OBOD QIShLOQ” DASTURI BAJARILISHI BOʻYICHA:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 29 martdagi PQ-3630-sonli qarori “Obod qishloq” dasturi doirasida topshiriqlarni ijrosida quyidagilar bajarildi:
Dastur doirasida jami 159 ta tumanda 416 ta qishloqlar boʻyicha barchasining bosh rejalari va batafsil rejalashtirish loyihalari ishlab chiqildi.
Dastur doirasida jami 884 ta ijtimoiy soha obʼektlaridan 107 ta yangi qurilish ijtimoiy obʼektlarini, 184 ta rekonstruktsiya va 593 ta mukammal taʼmirlanadigan obʼektlarning tashkil etadi.
Dastur boʻyicha ijtimoiy obʼektlari boʻyicha:
361 ta umumtaʼlim maktablari, 266 ta ta maktabgacha taʼlim muassasalarinin va 160 ta sogʻliqni saqlash muassasalari va 97 ta maxalla fuqarolar yigʻinlarining barchasining loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, ekspertiza xulosalari olinib qurilish ishlari davom etmoqda.
Bozor infratuzilma obʼektlari boʻyicha:
Respublika boʻyicha 2042 ta bozor infratuzilma obʼektlaridan 954 tasi (46,7%) qurilib foydalanishga topshirildi.
Jumladan, Respublika boʻyicha rejadagi 1374 ta maishiy xizmat koʻrsatish majmualaridan 666 tasi qurilib foydalanishga topshirildi. Shuningdek, 127 ta xammomlar, 88 ta sartorashxonalar, 52 ta goʻzallik salonlari va 42 ta kichik tikuvchilik tsexlari qurilib foydalanishga topshirildi.
Dastur doirasida Respublika boʻyicha taʼmirtalab 129515 ta yakka tartibdagi uy-joylarni taʼmirlash rejalashtirilgan.
“OBOD MAHALLA” DASTURINI BAJARILISHI BOʻYICHA:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi PQ-3812 qaroriga koʻra, “Obod maxalla” dasturi asosiy parametrlari va tegishli bayonlariga muvofiq quyidagilar bajarildi
Birinchidan: 2018 yilda respublikaning 30 ta shaharida 2 tadan va Toshkent shahrining 11 ta tumanida har bir sektorida 2 tadan (xar bir tumanda 4 ta sektor) jami 88 ta maxalla bilan xisoblaganda umumiy 148 ta maxallada taʼmirlash, ichimlik suv, elektr , tabiiy gaz tarmoqlari, ichki yoʻllar, ijtimoiy soha va bozor infratuzilmasi obʼektlarini qurilish-taʼmirlash ishlari bajarilmoqda.
Ikkinchidan: dastur doirasida barcha maxallalar bosh rejalari va batafsil rejalashtirish loyihalari yuzasidan biriktirilgan loyixa tashkilotlari bilan birga topoxarita va geologiya ishlari, bosh reja chegaralarini koʻrib chiqish jarayoni ketmoqda.
Uchinchidan: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi PQ-3812 qaroriga koʻra, “Obod maxalla” dasturi doirasida 104 ta maxallalarning bosh rejalari va batafsil rejalashtirish loyihalari ishlab chiqildi.
Smeta xarajatlari to‘g‘risida maʼlumot 2021-yil byudjet
Tashkilotning balans va moliyaviy hisoboti 2021-yil
Tashkilotning debitor kreditor to‘g‘risida maʼlumot 2021yil
Tashkilotning byudjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari
Navoiy viloyati Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 2021 yil davomida Loyixa tashkilotlariga moliyalashtirilgan mablag‘lar to‘g‘risida maʼlumot
O‘zbekiston Respublikasining 2021 yilgi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida markazlashgan kapital quyilmalar hisobidan moliyalashtirilgan shaharsozlik hujjatlari to‘g‘risida maʼlumot
Ma’muriy, muhandislik va infratuzilma ob’ektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo’yicha;
suv xo‘jaligi, shuningdek, 2021-yilning yanvar-dekabr oylari uchun alohida muhim va toifalarga ajratilgan ob’ektlar.
Navoiy viloyati qurilish bosh boshqarmasining 2022-yillik hisoboti.
Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksionga chiqarilishi toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil
31-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, uning tarkibiy boʻlinmalari, shuningdek respublika va hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari toʻgʻrisidagi Nizomlarini tasdiqlash haqida”gi 603-sonli qarori ijrosi yuzasidan, Navoiy viloyatida 2023-yil 6-oy davomida viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi qoshidagi Arxitektura-shaharsozlik kengashida koʻrib chiqilgan materiallar tahlili boʻyicha
M A ʼ L U M O T
2023 yil 6-oy davomida Navoiy viloyati Qurilish bosh boshqarmasi qoshidagi Arxitektura-shaharsozlik kengashi tomonidan jami 19 ta Kengash yigʻilishlari oʻtkazilgan boʻlib, bunda tuman va shahar hokimliklari tomonidan yuborilgan jami 150 ta yer tanlash materiallari koʻrib chiqilgan, shundan 86 tasiga kengash tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri va tegishli shartlar asosida ijobiy xulosa berilgan, 64 ta materiallar Kengash komissiya aʼzolari tomonidan rad etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-avgustdagi “Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 543-sonli qaroriga asosan 2023 yil 6-oy davomida Navoiy viloyati Qurilish bosh boshqarmasi qoshidagi Arxitektura-shaharsozlik kengashi tomonidan jami 13 ta Kengash yigʻilishlari oʻtkazilgan boʻlib, bunda tuman va shahar hokimliklari tomonidan yuborilgan jami 28 ta yer tanlash materiallari koʻrib chiqilgan, shundan 28 tasiga kengash tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri va tegishli shartlar asosida ijobiy xulosa berilgan.