Savol-javob

Bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish qanday bosqichlarda amalga oshirildi

Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnoma berish qanday bosqichlarda amalga oshirildi

Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish va berish qanday bosqichlarda amalga oshirildi

BosqichlarSubyektlarTadbirlarBajarish muddatlari
  1. aholi punkti nima?
    • huquqiy maqom, nom va chegara bilan belgilangan O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy birligi (shahar, shaharcha, qishloq, ovul);
  2. aholi punktining bosh rejasi nima?
    • aholi punktini hududiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini hamda fuqarolarning qulay hayot faoliyati muhitini kompleks shakllantirish shart-sharoitlarini belgilaydigan shaharsozlik hujjati;
  3. aholi punktlariaro hududlar nima?
    • ikki va undan ortiq aholi punkti oralig‘idagi aholi punktlari chegaralaridan tashqaridagi hududlar;
  4. aholi punktining chegara chizig‘i nima?
    • aholi punkti yerlarining ularni yer fondining boshqa toifalaridan ajratib turadigan, shaharsozlik hujjatlarida belgilangan tashqi chegarasi;
  5. aholini joylashtirish tizimi nima?
    • mavjud aholi punktlarini rivojlantirish hamda yangi aholi punktlarini barpo etish yo‘li bilan aholini tegishli hududga tartibga solib boriladigan tarzda joylashtirishning shaharsozlik hujjatlari bilan belgilanadigan asosiy yo‘nalishlari;
  6. bino nima?
    • funksional maqsadiga qarab odamlar yashashi yoki bo‘lishiga va har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga mo‘ljallangan, tayanch, to‘sma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat qurilish tizimi;
  7. buyurtmachi kim?
    • obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va buzishning amalga oshirilishini ta’minlovchi, shuningdek shu maqsadlarda loyiha-qidiruv, ekspertlik, qurilish-montaj va nazorat ishlarini bajarish uchun tegishli tashkilotlar bilan shartnomalar tuzuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs;
  8. zonalashtirish nima?
    • hududni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish chog‘ida shaharsozlikning foydalanish turlarini hamda bu turlardan foydalanishga doir cheklovlarni belgilagan holda, hududning funksional maqsadga ko‘ra bo‘linishi;
  9. inshoot nima?
    • har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarish, moddiy qimmatliklarni joylashtirish va saqlash, odamlarning vaqtincha bo‘lishi (harakatlanishi), shuningdek uskunalar yoki kommunikatsiyalarni joylashtirish (o‘tkazish, ulash) uchun mo‘ljallangan, tayanch, to‘sma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat hajmiy, yassi yoki chiziq tarzidagi qurilish tizimi;
  10. ishlab chiqarish obyektlari nima?
    • odamlar va texnologik asbob-uskunalar ishlashi uchun zarur shart-sharoitlar ta’minlanadigan ishlab chiqarishni joylashtirish uchun mo‘ljallangan binolar hamda inshootlar;
  11. qizil chiziqlar nima?
    • shaharsozlik hujjatlarida belgilanadigan, mavzelarning, kichik dahalarning va rejalashtirish tuzilmasi boshqa elementlarining hududlarini aholi punktlarining ko‘chalaridan, tor ko‘chalaridan va maydonlaridan ajratib turuvchi chegaralar;
  12. noyob va alohida muhim obyektlar nima?
    • alohida yoki birgalikda o‘ziga xos, betakror hajmiy-rejaviy, konstruktiv, muhandislik yoki texnologik yechimlari hamda arxitektura g‘oyasi bilan, yuqori texnik darajadagi yutuqlar va me’morchilikni o‘zida mujassam etgan binolar, inshootlar va ularning majmualari;
  13. reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalar) nima?
    • tashqi reklamani joylashtirish (tarqatish) uchun maxsus ishlab chiqilgan va qo‘llaniladigan vositalar, shuningdek aholiga axborot yetkazish vazifalarini bajaruvchi texnik vositalar (konstruksiyalar);
  14. turar joy obyektlari nima?
    • odamlar yashashi uchun mo‘ljallangan binolar, doimiy yashash uchun uy-joylar (xonadonlar), shuningdek vaqtincha yashash uchun yotoqxonalar, mehmonxonalar, maktab-internatlar, qariyalar uylari;
  15. urbanizatsiya nima?
    • aholining ijtimoiy-kasbiy va demografik tuzilishida ijobiy o‘zgarishlarga, uning turmush tarzi hamda madaniyati sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarilishiga ko‘maklashuvchi, jamiyat va iqtisodiyotni rivojlantirishda shaharlarning rolini oshirish, shuningdek shahar infratuzilmasini shakllantirish jarayoni. Urbanizatsiya, qoida tariqasida, shahar atrofini shahar hududiga kiritish, bir nechta aholi punktlarini yagona makonga birlashtirish bilan birga olib boriladi;
  16. fuqaroviy obyektlar nima?
    •  madaniyat, jismoniy tarbiya, sport, ilm-fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat ko‘rsatish muassasalari va tashkilotlarini, bank-moliya muassasalarini, qurilish-kommunal tashkilotlarini, aloqa hamda transport korxonalarini joylashtirish uchun mo‘ljallangan binolar va inshootlar;
  17. shaharsozlik nima?
    • aholi punktlarini, aholi punktlariaro hududlarni rejalashtirish hamda qurishning ijtimoiy-iqtisodiy, qurilish-texnika, arxitektura-badiiy yechimlari yig‘indisini sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini hisobga olgan holda ta’minlovchi nazariyasi hamda amaliyoti;
  18. shaharsozlik reglamenti nima?
    • hududlarni va aholi punktlarini qurishning belgilangan qoidalari, shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish chog‘ida aholi punktlarining hamda aholi punktlariaro hududlarning yer uchastkalaridan va boshqa ko‘chmas mulk obyektlaridan foydalanish ko‘rsatkichlari hamda turlarining yig‘indisi;
  19. shaharsozlik faoliyati nima?
    • davlat organlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning hududlarni va aholi punktlarini rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish, yer uchastkalaridan foydalanish turlarini belgilash, qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish, binolarni, inshootlarni hamda ularning majmualarini shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini, shuningdek mazkur hududlar hamda aholi punktlarining milliy, tarixiy-madaniy, ekologik, tabiiy o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda loyihalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilish sohasidagi faoliyati;
  20. shaharsozlik hujjatlari nima?
    • hududlarni va aholi punktlarini rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar;
  21. yakka tartibdagi uy-joy nima?
    • yakka tartibda uy-joy qurish va tomorqa xo‘jaligini yuritish uchun mo‘ljallangan bir yer uchastkasida joylashgan bir yoki bir nechta turar-joy binolari va ularga taalluqli bo‘lgan tomorqa-xo‘jalik imoratlari va hovli inshootlari.
  22. bino va inshoot fasadining eskiz loyihasi nima?
    • bino va inshoot fasadiga o‘zgartirishlar kiritilmasdan oldin uning old va yon fasadlarining rangli tasvirdagi fotosuratlari bilan birga bino va inshoot fasadiga kiritilgan o‘zgartirishlarning yakuniy natijasi to‘g‘risida to‘liq tasavvur beruvchi bino va inshoot fasadining rangli tasvirdagi arxitekturaviy chizmasi.

NAVOIY VILOYATI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI BOSH BOSHQARMASI

Navoiy viloyati Navoiy shahri Zarapetyan ko'chasi 10-uy
Matbuot xizmati: 79 220-50-12
ish kunlari: Dushanba-Juma
Ish vaqti: 9:00-18:00
Tushlik: 13:00-14:00
Copyright © 2021 • Softex • All rights reserved.