Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi

Ishonch telefoni:
+998 79 2205011

Navoiy viloyati Navoiy shahri
Zarapetyan ko'chasi 10-uy

SIYOSIY JARAYONGA BEFARQ EMASMIZ!

Bugun Navoiy viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi ishchi xodimlari va yoshlar ishtirokida referendum targ‘ibotiga bag‘ishlangan «Biz mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy jarayonlarga befarq emasmiz» shiori ostida ommaviy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirlarda bosh qomusimizning mamlakatimiz hayotida tutgan o‘rni, unga kiritilayotgan yangi qo‘shimchalar va o‘zgarishlar xalqimizning turmush tarzi farovonligiga, inson qadrini yuksalishiga xizmat qilishi […]

Bunyodkorlik

2022 yilda tadbirkorlik subyektlari tomonidan 3236 ta xonadonli 45 ta uy-joylar qurilib foydalanishga topshirildi. Investitsiya dasturi asosida 119 ta obyektda umumiy qiymati 539 mlrd. so‘mlik qurilish –taʼmirlash ishlari olib borildi. Albatta aholi turar-joy binolari aholiga qulay imtiyozlar asosida taqdim etilmoqda.O‘ziga xos yangicha yechim va zamonaviy loyiha asosida Karmana tumanida tiklanayotgan «Yangi O‘bekiston» massivlaridagi xonadonlar ham […]

VILOYAT RAHBARI NAVOIY SHAHRIDAGI QURILISH-TA’MIRLASH VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI BILAN TANISHDI

Bugun viloyat hokimi Normat Tursunov Navoiy shahri hududidagi ijtimoiy soha ob’yektlarining qurilish sifati hamda hududdagi bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Tashrif davomida qurilish-ta’mirlash jarayonida e’tibor qaratilishi zarur bo‘lgan jihatlar va binoni o‘z muddatida foydalanishga topshirish yuzasidan topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.Navoiy shahrida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari darajasini kengaytirish kerakligi ta’kidlandi. Viloyat rahbarining hududlarda tashrifi davom etadi.

Quyosh panellari o’rnatilmoqda

Navoiy viloyati Zarafshon shahrida faoliyat olib borayotgan «Zar city» boshqaruv kompaniyasi tomonidan 4-kichik tuman 26-son ko’p kvartirali uyning tom qismida 5 kVt boʼlgan quyosh panellari o’rnatildi.Ushbu amaliy ishlar yana bir necha boshqaruv tashkilotlari tomonidan ham amalga oshirilmoqda.

Mutolaa uchun

‼️Gazetaning navbatdagi sonida Navoiy viloyat qurilish bosh boshqarmasining «Aholi punktlarida shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqarish va amalga oshirish bo‘limi» bosh mutaxassisi Avazbek Narzulloyevning mahallalar bosh rejasi to‘g‘risidagi maqolasini o‘qishingiz mumkin. Navoiy viloyat qurilish bosh boshqarmasi matbuot xizmati.

XATIRCHIDA BUNYODKORLIK ISHLARI

📊Bugun tuman, shaharlarning ko’rkam tusga kirib, yangilanishlar, bunyodkorlik maydoniga aylanib borayotganiga guvohmiz.Xatirchi tumanining Damariq MFY sobiq qishloq xo‘jaligi kimyo hududidan aholini uy-joy bilan ta’minlash maqsadida qurilishi rejalashtirilgan ko‘p qavatli turar-joy binolarining bosh reja taklifi ishlab chiqilgan bo’lib, unda aholiga qulay shart-sharoitlar ko’zda tutilgan.Shu kabi loyihalar uchun tanlangan yer maydonlari Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov, qurilish […]

TAYINLOV

Tursunov Iskandar Sirojovich Navoiy shahar hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Ushbu tayinlovga qadar Navoiy viloyati Qurilish bosh boshqarmasining qurilish bo‘limlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan. I.Tursunov 1989-yilda Navbahor tumanida tug‘ilgan. 2011-yilda Samarqand davlat arxitektura va qurilish institutini tamomlagan. Navoiy shahar hokimligiAxborot […]

NAVOIY VILOYATI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI BOSH BOSHQARMASI

Navoiy viloyati Navoiy shahri Zarapetyan ko'chasi 10-uy
Matbuot xizmati: 79 220-50-12
ish kunlari: Dushanba-Juma
Ish vaqti: 9:00-18:00
Tushlik: 13:00-14:00
Copyright © 2021 • Softex • All rights reserved.