Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi

Ishonch telefoni:
+998 79 2205011

Navoiy viloyati Navoiy shahri
Zarapetyan ko'chasi 10-uy

Bo’sh ish o’rinlari

Navoiy viloyati qurilish bosh boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va va davlat fuqarolik xizmatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PF-5843-son Farmoniga asosan “O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Markaziy apparati, hududiy bo‘linmalar, tizim tashkilotlaridagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimga o‘tkazishda tanlov asosida saralab olish to‘g‘risida”gi tartibi asosida ishga qabul tashkillashtiriladi.

O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi markaziy appariti, hududiy boshqarma va tuman, shahar qurilish bo’limlardagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilishda tanlov asosida saralab olish to’g’risida tartib

1. Navoiy viloyati qurilish bosh boshqarmasi hamda uning tuman (shahar) qurilish bo‘limlaridagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilish uchun tanlov asosida saralab olish malaka talablariga mos keladigan (Arxitektura hamda bino va inshootlar qurilish yo‘nalishlari bo‘yicha diplomga ega bo‘lgan nomzodlar) eng munosib nomzodlar tanlab olinadi va Agentlik bilan kelishilgan holda test sinovlariga taklif etiladi.

2. Test sinovlaridan 56 foiz va undan yuqori ball to‘plagan xodimlar Agentlik bilan kelishilgan holda suhbatga taklif etiladi.

3. Navoiy viloyati qurilish bosh boshqarmasi tomonidan tuzilgan komissiya aʼzolari va Agentlik bilan birga suhbat tashkil etiladi. Bunda nomzodlarga o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha har bir komissiya aʼzolari tomonidan savollar beriladi va 100 ballik tizim asosida baholanadi.

4. Suhbatdan muvofaqqiyatli o‘tgan nomzodlar Bosh boshqarmaning 2021 yil 12 dekabrdagi 33-sonli buyrug‘iga asosan, bosh boshqarmaning Maxsus ishlar va xodimlar bilan ishlash mutaxassisi va Korrupsiyaga qarshi komplayens nazorati bosh mutaxassisi” tomonidan belgilangan tartibda hujjatlarni to‘ldirib, ishga qabulni rasmiylashtiradi.

KasbIsh malakasiBo’sh ish o’rinStatus
Arxitektor3-5 yil1Konimex tumani

NAVOIY VILOYATI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI BOSH BOSHQARMASI

Navoiy viloyati Navoiy shahri Zarapetyan ko'chasi 10-uy
Matbuot xizmati: 79 220-50-12
ish kunlari: Dushanba-Juma
Ish vaqti: 9:00-18:00
Tushlik: 13:00-14:00
Copyright © 2021 • Softex • All rights reserved.