15-yanvar kuni soat 00:00 dan O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining birinchi bosqichi rasman boshlandi.
Navoiy viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi bosh boshqarmasi xodimlari ro‘yxatdan o‘tdilar.

Hozirda bosh boshqarmaning tuman, shahar bo’limlari xodimlari ham census.stat.uz rasmiy veb-sayti orqali OneID tizimi yordamida ro‘yxatdan o‘tmoqda va ma’lumotlarini to‘ldirmoqda.

Siz-chi, ro‘yxatdan o‘tdingizmi?
Navoiy viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
