Kuz_qish
📊»Humo-uylari plyus» BSK tomonidan Navoiy shahridagi 130 ta ko‘p qavatli uylardagi 7 821 ta xonadonlarga kommunal xizmat ko‘rsatib kelinmoqda. Ayni kunda BSK tomonidan qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida olib borilayotgan ishlar qizg‘in davom etmoqda.

✅Xususan boshqaruv kompaniyasiga qarashli bo‘lgan 6 ta ko‘p qavatli uyning fasad qismi taʼmirlandi, 22 uyning tom qismida taʼmirlash ishlari olib borildi, 24 ta uyning kirish yo‘laklari taʼmirlanib ularga zamonaviy domafon hamda energiya tejovchi harakat datchiklari o‘rnatildi.12 ta uyning yerto‘la qismidagi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari yangisiga almashtirildi.
⏱️Shuningdek,.ko‘p qavatli uylar hududlaridagi yerlarni chiqindilardan tozalash, daraxtlarga shakl berish, chiqindixonalardagi kontinerlarni o‘z vaqtida tashib ketish kabi obodonlashtirish yumushlar uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.
Navoiy viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
