O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 19 maydagi 328-F-son farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida Navoiy viloyatida 2017-2025 yillarda ko‘p kvartirali uylarning zilzilabardoshliligini o‘rganish va aholining seysmik xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha tuzilgan ishchi guruh Karmana tumanidagi ko‘p qavatli uylarda o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

📍Xususan hududdagi «Yangi O‘zbekiston» massivida tiklangan uylar vizual tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.

Bunda poydevor va uning atrofidagi gruntda, yerto‘la hamda binoning tayanch konstruksiyalarida,

qoplamalar va devorlarida yoriqlar yoki shikastlanishlar bor, yo‘qligini aniqlash maqsadida o‘lchov va nazorat vositalari orqali ko‘zdan kechirilmoqda.
Navoiy viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
