Ijtimoiy hayotimizda huquqiy bilim va savodxonlik katta o‘rin tutadi. O‘z haq-huquqi va manfaatlarini bilgan fuqarolar turli vaziyatlarda qiyinchiliksiz yechim topadi. Ayniqsa yoshlarning o‘z huquq va majburiyatlarini bilishi o‘ta muhimdir, zero, kelajak avlodning huquqiy savodxonligi jamiyat va davlat rivojida katta o‘rin tutadi. Shu maʼnoda, Adliya vazirligi tomonidan tavsiya etilayotgan «Huquq maktabi» mobil ilovasi bu borada tezkor yordamchi bo‘la oladi.

Ushbu ilovani yuklash orqali sohaga oid huquqiy bilimlarni egallash, qonun va qarorlarni maqsad va vazifalarini qisqa, lo‘nda, sodda tilda o‘qib bilib olish imkoniyati oshadi. Ushbu ilovani o‘rganish va o‘rnatib olish hamda sohada oid qonunchilikni mustahkamlash yuzasidan Navoiy viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi xodimlariga tushunchalar berildi.

Ilovani yuklab olish:
App Store (https://apps.apple.com/uz/app/huquq-maktabi-mobile/id6544800269) | Play Market (https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.jasurkholiqulov.huquqmaktabi&hl=en_US)

NAVOIY VILOYATI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI BOSH BOSHQARMASI

Navoiy viloyati Navoiy shahri Zarapetyan ko'chasi 10-uy
Matbuot xizmati: 79 220-50-12
ish kunlari: Dushanba-Juma
Ish vaqti: 9:00-18:00
Tushlik: 13:00-14:00
Copyright © 2021 • Softex • All rights reserved.