Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi

Ishonch telefoni:
+998 79 2205011

Navoiy viloyati Navoiy shahri
Zarapetyan ko'chasi 10-uy

Ijtimoiy tarmoqda joriy yil 3-fevral kuni Navoiy shahar Janubiy ko‘chasi 19-uy, 8-xonadonda yashovchi fuqaro tomonidan uyini isitish bateriyasida nosozlik bo‘lgani va bu shirkat aybi bilan yuzaga kelganligini bayon qilgan.

Ushbu holat yuzasidan «Xumo Zilola Barhayot» PBK rahbari va mutaxassislari ishtirokida o‘rganish ishlari olib borilganida, xonadon egasiga tegishli bo‘lgan isitish batareyasida nosozlik bo‘lganligi sababli batareyaning ulangan qismi yorilib ketganligi aniqlandi. Ushbu holatda belgilangan qonunchilikka asosan boshqaruv servis kompaniyasi javobgar emasligi yuzasidan “Janubiy” MFY raisi va boshqa mutasaddilar ishtirokida dalolatnoma tuzilib, xonadon egasiga tushuncha berildi.

Navoiy viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi matbuot xizmati.

NAVOIY VILOYATI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI BOSH BOSHQARMASI

Navoiy viloyati Navoiy shahri Zarapetyan ko'chasi 10-uy
Matbuot xizmati: 79 220-50-12
ish kunlari: Dushanba-Juma
Ish vaqti: 9:00-18:00
Tushlik: 13:00-14:00
Copyright © 2021 • Softex • All rights reserved.