O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi shahar va tuman hududlarining rivojlanishi, aholi yashashi uchun qulay va munosib shart-sharoitlar yaratilishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Ushbu Kodeks hamda hukumat qarorlari asosida olib borilayotgan ishlar o‘z samarasini bermoqda.

Jumladan, Xatirchi tumanida “Aholi punktlarini kompleks qurishda shaharsozlik normalari va qoidalari qatʼiy bajarilishini nazorat qilishni kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi Qarori (https://lex.uz/docs/1440935#1441242) ijrosi bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi.

Tumanning markaziy Dehqon bozori hududidagi barcha noqonuniy deb topilgan qurilmalar tartibga keltirilib, ko‘cha va xiyobonlar yangicha ko‘rinishga ega bo‘lmoqda.
Navoiy viloyati Qurilish va Uy-joy kommunal xo’jaligi boshqarmasi axborot xizmati
