Navoiy viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasida «Qurilayotgan ko‘p qavatli binolarning sifati va aholi uchun yaratilayotgan sharoitlarning sifatini oshirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar, kamchiliklarga yo‘l qo‘yayotgan korxonalarga ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida» matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda bosh boshqarma rahbariyati, Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi mutaxassislari, arxitektor va muhandislar ishtirok etdi.

«Yangi O‘zbekiston» massivlaridagi qurilish jarayonlari, tadbirkorlar tomonidan qurilayotgan ko‘p qavatli uylarning qurilishida qonunchilikka amal qilinishi, yangi qurilgan turar-joy binolarining foydalanishga topshirish jarayonlari yuzasidan jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Navoiy viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi boshqarmasi matbuot xizmati.

NAVOIY VILOYATI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI BOSH BOSHQARMASI

Navoiy viloyati Navoiy shahri Zarapetyan ko'chasi 10-uy
Matbuot xizmati: 79 220-50-12
ish kunlari: Dushanba-Juma
Ish vaqti: 9:00-18:00
Tushlik: 13:00-14:00
Copyright © 2021 • Softex • All rights reserved.